«tasdiqlayman» Tabiiy fanlar fakulteti dekani K. Asqarov



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/30
tarix30.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#105100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
anatomydan mustaqil talim mavzulari

Jami

90




15 ball

ODAM ANATOMIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR


MUSTAQIL TA’LIM № 1.


Mavzu №1. ODAM EVOLYUTSIYASI VA DASTLABKI ODAMLAR
Ishning maqsadi: Odam anatomiyasi fanidan “Odam evolyutsiyasi va dastlabki odamlar” mavzusi bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirishdan iborat.


Topshiriq shakli: mavzuni konspektlashtirish, dastlabki odamlarni ta’riflash.


Bajarish vaqti: 10 soat


Mustaqil ta’lim topshiriqlari №1.
1-Topshiriq. Genetika va Evolyutsion ta’limot darsligidan va boshqa adabiyotlardan foydalanib Odam evolyutsiyasi va dastlabki odamlar haqida o‘qish va konspektlashtirish.


Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:


Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.


Matn-konspekt nima va u qanday yoziladi?
-reja, ko‘chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
-ifodaning ichki mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin