Tasdiqlayman” “Tasdiqlayman” 51- sonli maktab ma`naviy-ma`rifiy 51-sonli umumiy o`rta ta`lim ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari maktabi direktori



Yüklə 244,61 Kb.
səhifə1/48
tarix17.09.2023
ölçüsü244,61 Kb.
#144457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
51-makatba Синф дафтари





Tasdiqlayman” “Tasdiqlayman”
51- sonli maktab ma`naviy-ma`rifiy 51-sonli umumiy o`rta ta`lim
ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari maktabi direktori:
_______ Yu.Shokirov _______ D.Xudoynazarova
___ ____ 20___ yil ___ ____20___ yil


To`raqo`rg`on tuman
51-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
­­­_____”_____” sinf rahbari
_____________________________ning
2023 – 2024 o`quv yili uchun sinf rahbari


DAFTARI

2
O`zbekiston Respublikasi


Maktabgacha va maktab
ta`limi vazirining
2023-yil 27-iyundagi
190-son buyrug`iga
2-ilova

Umumiy o`rta ta`lim muassasasi sinf rahbarining lavozim
YO`RIQNOMASI

  1. bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur yo`riqnoma umumiy o`rta ta`lim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingi o`rinlarda sinf rahbarlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda ish faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

  2. Sinf rahbarlari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining buyruqlariga, mazkur yo`riqnomaga va boshqa normative - huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

  1. bob. Sinf rahbarlariga qo`yiladigan talablar, ularning asosiy

vazifalari va funksiyalari

  1. Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

  • kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan;

  • maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta`lim muassasalarida nehnatini soatbay (shu jumladan о`rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi о`qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga уo`l qo`yilmaydi);

  • boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo`lgan;

  • о `quvchilar bilan ishlashjarayonida mas`uliyat bilan yondasha oladigan;

  • boshlang`ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang`ich sinfga biriktirilgan o`qituvchilarga yuklatiladi.

  1. Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

ta`lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o`ziga biriktirilgan sinfdagi o`quvchilaming (keyingi o`rinlarda sinf o`quvchilari deb yuritiladi) belgilangan ta`lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;
odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish, jamoada namunali bo`lish;
o`quvchilaming o`sib-ulg`ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilish, yordamga muhtoj o`quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g`urur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, mas`uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlami uyg`otish;
sinf o`quvchilarining ma`naviy va ma`rifiy tarbiyasini tashkil etishda o`qituvchilar, psixolog, ota-onalar va ulaming o`mini bosuvchi shaxslar (keyingi o`rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta`lim muassasasi rahbariyati orqali Bolalar masalalari bo`yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash;
voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, o`quvchilar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha o`tkaziladigan “O`quvchi”, “Davomat” kabi profilaktik reydlarda hamkorlik qilish.
Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

  1. Sinf rahbarlari o`zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:

har tomonlama yetuk, barkamol - ma`naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o`quvchilarining qobiliyatlarini to`liq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
pedagogik va o`quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo`lga qo`yish;
ertalabki saflanishlarda sinf o`quvchilarining belgilangan tartibda to`liq ishtirok etishlarini ta`minlash;
biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlaming saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta`minlash;
sinf rahbarlari o`z faoliyatini o`quvchilaming yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Jumladan:


  1. Yüklə 244,61 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin