«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə6/14
tarix04.10.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#152105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TMA fanidan MT bajarish uslubiy ko\'rsatma TMB magistrlar UCHUN 2023

Dekanat (registrator ofis) tomonidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

  • ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar)da talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. Jumladan, professor-o’qituvchi va talabalarning hamkorlikda ishlashi, kontakt soatlari uchun alohida auditoriya ajratish, mustaqil ishlarni topshirish va baholash grafiklarini ishlab chiqish tavsiya etiladi;

  • talaba va magistrlar mustaqil ishlarining bajarilishini HEMIS OTM tersu.uz tizim orqali monitoring qilib borish, o’quv-uslubiy boshqarmaga belgilangan muddatlarda ma’lumotnoma taqdim etish;

  • mustaqil ish natijalarining o’rnatilgan tartibda qayd etilishini nazorat qilish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish;

  • mustaqil ish natijalari yuzasidan professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi nizolarning oldini olish hamda moderatsiya texnologiyasini qo’llash;

  • ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar)dan kelib chiqib mustaqil ta’limni amalga oshirish holati bo’yicha oraliq muddatlarda talabalar o’rtasida onlayn so’rovlar o’tkazish va tezkor choralar ko’rish.

Kafedra tomonidan talaba va magistrlarning mustaqil ta’limini tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi:

  • fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni shakllantirish va kafedra yig’ilishi (metodik birlashmasi)da muhokama qilish;

  • fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni o’quv dasturlarida to’g’ri va aniq aks ettirish;

  • fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ta’limga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi ko’zda tutilgan o’quv birligi hajmi (kredit)ni belgilash va kafedra yig’ilishida tasdiqlash;

  • fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ish turlari va shaklini belgilash hamda fan dastur (Syllabus)da aks ettirish;

  • mustaqil ish uchun ajratilgan ballarni kredit baholash tizimi mezon (100 ballik tizimi)lari doirasida belgilash, ballarni ish turlari bo’yicha taqsimlash;

  • kafedra yig’ilishlarida fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini muhokama qilib borish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish.


Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin