«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori


Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə9/14
tarix04.10.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#152105
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
TMA fanidan MT bajarish uslubiy ko\'rsatma TMB magistrlar UCHUN 2023

Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

  • dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse)da yozma bayon qilish;

  • ma’ruzalar tayyorlash;

  • kurs ishi yozish;

  • konspekt yozish;

  • glossariy tuzish;

  • individual va jamoaviy o’quv loyihasi tuzish;

  • keys-topshiriqlarini bajarish;

  • mavzuli portfoliolar tuzish;

  • axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;

  • manbalar bilan ishlash;

  • infografika tuzish;

  • chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;

  • multimediali taqdimotlar yaratish;

  • darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;

  • darsdan tashqari mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash;

Ta’lim yo’nalishi (mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi:
1. Tarmoqdan axborot izlash – web-brauzer, ma’lumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-ma’lumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish.
Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar kiradi: mavzu bilan bog’liq saytlarga taqriz yozish; ma’lum mavzuga doir tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash; ma’ruza rejasiga doir o’z variantini yoki uning ma’lum bir qismini yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish; amaliy mashg’ulotlardan lavha tayyorlash; mavzuga doir ma’ruza tayyorlash; mavzuga doir munozara o’tkazish; professor-o’qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan web-kvestda ishlash.
2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish – elektron pochta, sinxron telekonferensiyalardan foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko’rinishda tashkil etish mumkin: o’tkazilgan yoki o’tkazilishi ko’zda tutilgan ma’ruzalarni muhokama qilish; mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferensiya (chat)da muloqotni amalga oshirish.
3. Tematik web-sahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratish – htmlmuharriri, web-brauzer, grafik muharrirlardan foydalanish. Tematik websahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni joylashtirish; mavzuga doir adabiyotlar ro’yxatini chop etish; indiviudal va kichik guruhlarda ishlashga doir mavzuli web-sahifalarni yaratish; mavzu bo’yicha ishlash uchun web-kvestlar yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish.



Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin