MUSTAQIL TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHGA DOIR PROFESSOR-O’QITUVCHI HAMDA TALABALARNING VAZIFA VA MAJBURIYATLARI Talaba va magistrlarning mustaqil ta’limini tashkil etishda professor-o’qituvchilar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:
fan (modul) bo’yicha fan dastur (Syllabus)da o’quv rejasida ko’zda tutilgan kredit(soat)ga muvofiq mustaqil o’qib-o’rganish uchun mavzular va mustaqil ish topshiriqlarini aniq aks ettirish;
mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini ta’minlashi;
fan dastur (Syllabus)da mustaqil o’qib-o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni o’zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik ko’rsatmalar, baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini ko’rsatib qo’yishi;
fan (modul) bo’yicha talabalarning kichik guruhlardagi hamkorlik faoliyatini tashkil etish hamda jamoada ishlash natijalari bo’yicha so’rovlar o’tkazish. Mazkur jihat talabalarning hamkorlikdagi ishlari natijalarini baholashda hisobga olinishi;
kurs ishi mavzulari bankini tuzishda mustaqil ta’lim mazmunini ham aks ettirishi;
oraliq va yakuniy nazorat savollarini tuzishda mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzularni ham nazarda tutishi;
mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini HEMIS OTM tersu.uz tizim (platforma) orqali nazorat qilib borishi, tekshirishi va baholashi, natijalarni o’z vaqtida talabalarga yetkazishi. Kichik guruhlarda hamkorlikda bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotini o’tkazishi, kongruentlik (“hozir va shu yerda”) tamoyiliga rioya qilgan holda, talabalarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashtirishi va natijalarini e’lon qilishi;
professor-o’qituvchi fan dasturi (Syllabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bo’yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishini nazorat qilishi;
talaba va magistrlarning mustaqil o’zlashtirishlari uchun qo’shimcha o’quv materiallari, ularning mazmuniga doir mustaqil ish mavzulari va topshiriqlar tayyorlashi hamda talabalarga ularni bajarishlari uchun tegishli ko’rsatmalar berib borishi.