KUTILADIGAN NATIJA Mustaqil ta’lim va mustaqil ish topshiriqlarini to’liq bajarish natijasida talaba-magistr: zamonaviy talablarni hisobga olish asosida dasturlar tuzish; ta’limning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan loyihalar va maqsadli dasturlar ishlab chiqish; strategik rejalashtirishning maqsad va vazifalarini hisobga olish orqali monitoring tizimlarini ishlab chiqish; kompetentli yondashuv, mustaqil faoliyat va yaratish tamoyillariga asoslanib, yangi ta’limiy madaniyatni shakllanishi bo‘yicha boshqaruv harakatlarini rejalashtirishga doir nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim.
TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI Talaba va magistrlar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarining baholash mezonlari talaba va magistrlarga semestrning boshida taqdim qilinadi.
Talaba va magistrlarning fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddat (deadline)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mustaqil ishga qo’yiladigan ball fanga ajratilgan umumiy ballning 60 (oltmish) foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Talaba va magistr(lar)ning fan (modul) bo’yicha mustaqil ta’lim natijalari HEMIS OTM tersu.uzelektron platformaga butun sonlar bilan qayd qilinadi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha o’zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig’ilishlarida hamda har o’quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.
“O‘simliklar geografiyasi” fani bo’yicha bajarilgan mustaqil ta’lim topshiriqlariga ajratilgan ballar joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun ajratilgan ballar hisobidan ajratiladi. Unga ko’ra, har bir nazorat turi uchun belgilangan maksimal ballning 60 foizi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.