Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse)da yozma bayon qilish;
ma’ruzalar tayyorlash;
kurs ishi yozish;
konspekt yozish;
glossariy tuzish;
individual va jamoaviy o’quv loyihasi tuzish;
keys-topshiriqlarini bajarish;
mavzuli portfoliolar tuzish;
axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
manbalar bilan ishlash;
infografika tuzish;
chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
multimediali taqdimotlar yaratish;
darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
darsdan tashqari mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash;
Ta’lim yo’nalishi (mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi: 1. Tarmoqdan axborot izlash – web-brauzer, ma’lumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-ma’lumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish.
Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar kiradi: mavzu bilan bog’liq saytlarga taqriz yozish; ma’lum mavzuga doir tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash; ma’ruza rejasiga doir o’z variantini yoki uning ma’lum bir qismini yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish; amaliy mashg’ulotlardan lavha tayyorlash; mavzuga doir ma’ruza tayyorlash; mavzuga doir munozara o’tkazish; professor-o’qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan web-kvestda ishlash.
2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish – elektron pochta, sinxron telekonferensiyalardan foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko’rinishda tashkil etish mumkin: o’tkazilgan yoki o’tkazilishi ko’zda tutilgan ma’ruzalarni muhokama qilish; mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferensiya (chat)da muloqotni amalga oshirish.
3. Tematik web-sahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratish – htmlmuharriri, web-brauzer, grafik muharrirlardan foydalanish. Tematik websahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni joylashtirish; mavzuga doir adabiyotlar ro’yxatini chop etish; indiviudal va kichik guruhlarda ishlashga doir mavzuli web-sahifalarni yaratish; mavzu bo’yicha ishlash uchun web-kvestlar yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish.