Kafedra mudiri: ____________ dots. Bozorova M.
Fakultet dekani: ____________ A.Xurramov
Uslubiy ko’rsatma Termiz davlat universiteti o’quv metodik Kengashining 2023 yil ____ ______________dagi ____-sonli majlisida tasdiqlangan.
O’quv metodik boshqarma boshlig’i: _________ A. Ibragimov
KIRISH
Mustaqil ta’lim – o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ish – o’qituvchining topshirig’i va rahbarligida o’quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referat/portfoliolar tayyorlash va uni kichik guruhlarda taqdimot qilish tavsiya etiladi.
“O‘SIMLIKLAR GEOGRAFIYASI” FANINING O’QITISHGA QO’YILGAN TALABLAR
Fanning Syllabusida fanning maqsadi, o’rganiladigan mavzular, o’quv mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim hajmi va mazmuni, talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar, baholash mezonlari hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati o’z aksini topgan.
“Ta’lim menejmenti asoslari” fani 60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha) bakalavr mutaxassisligi talabalari uchun 2023-2024 o’quv yilining 5 semestrida o’qitilishi belgilangan. Fan nazariy hamda amaliy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar tarzida tashkil etiladi. Fanga ajratilgan o’quv soatlari quyidagicha taqsimot qilingan:
Dostları ilə paylaş: |