«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori


TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə5/14
tarix04.10.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#152105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TMA fanidan MT bajarish uslubiy ko\'rsatma TMB magistrlar UCHUN 2023

TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir.


Talaba va magistrlarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilishi lozim:

  • Talaba va magistrlarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan bog’liqlikda mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirish;

  • bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo’llarini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;

  • talaba va magistrlarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;

  • ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;

  • talaba va magistrlarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish;

  • ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.



TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH JARAYONINI BOSHQARISH TARTIBI
Talaba va magistrlarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonini boshqarishga o’quv-metodik boshqarma, dekanat (registrator ofis), kafedra va fan o’qituvchisi bevosita mas’uldir. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi esa, mazkur jarayonni monitoring qilish vakolatiga egadir.
Mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv-metodik boshqarma quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • o’quv rejalarida mustaqil ta’lim uchun ajratilgan kreditlarning to’g’ri taqsimlanishini amalga oshirish;

  • fan (modul)lar bo’yicha tuzilgan fan dasturi (Syllabus)da mustaqil ta’limni tashkil etishga doir uslubiy ko’rsatmalar hamda namuna tarzidagi mustaqil o’qib-o’rganish uchun mavzularning aniq aks ettirilishini nazorat qilish;

  • talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarining borishi, mustaqil ish topshiriqlari va uning belgilangan talablarga mos bajarilishini muntazam o’rganib borish;

  • talabalar mustaqil o’quv faoliyati natijalarining elektron tizimda qayd etib borilishi monitoringini yuritish.


Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin