Fanni oʻqitishdan maqsad - Fanni oʻqitishdan maqsad - oʻsimliklarning tuzilishi va atrof-muhit omillariga moslashishi, oʻsimliklarning dunyo boʻyicha tarqalishi, taksonomiyasi, hayotiy shakllari, kelib chiqishi, taksonomik birliklar, toksonlarga boʻlinish qonuniyatlarini oʻrganish, moslashuvchan xususiyatlarini, ontogenezdagi oʻzgarishlar, koʻpayish usullari, sistematik tasnifi, oʻsimliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati haqida taʻlim berish, ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - Talabalarga oʻsimliklarning tuzilishi, kelib chiqishi, atrof-muhit omillariga moslashishi, hayotiy shakllari, ularning yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganish va bilim koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu fanni oʻqitish davomida talabalar oʻsimliklarning asosiy sistematik guruhlari, yer yuzida tarqalishi, viloyatarga boʻlib oʻrganish toʻgʻrisida bilimga ega boʻladi. Barcha tizimlari boʻyicha faqat nazariy bilimlar beribgina qolmasdan amaliy darslarda kafedrada mavjud adabiyotlar, xaritalar, gerbariylaridan foydalanib amaliyot daraslari olib boriladi.