«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori


Mustaqil o’qib-o’rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə8/14
tarix04.10.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#152105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
TMA fanidan MT bajarish uslubiy ko\'rsatma TMB magistrlar UCHUN 2023

Mustaqil o’qib-o’rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:

  • fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni to’liq o’zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli tarzda taqdim etishi;

  • mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (ko’chirmakashlik)ga yo’l qo’ymasligi;

  • mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashishi, mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bo’lishi, o’z-o’zini rivojlantirishga intilishi;

  • kichik guruhlarda hamkorlikdagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda jamoaning umumiy maqsadiga mos harakat qilishi, o’ziga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishi, jamoada ishlay olish kompetensiyasini o’zlashtirishi.

Mustaqil ishga qo’yilgan baho (ballar) bo’yicha e’tirozlar bo’lgan taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to’rt) soat (1 sutka) davomida dekanat (registrator ofis)ga HEMIS OTM tersu.uz elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.


MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI
Talaba va magistrlarning mustaqil ta’limi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim:

  • auditoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish;

  • auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish;

  • fan (modul) bo’yicha mavzularni mustaqil ravishda Axborot-resurs markazlari, uyi (talabalar turar joylari)da o’qib-o’rganish.

Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • seminar-konferensiyalarga tayyorgarlik ko’rish;

  • kollokviumlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • ko’p so’raladigan savollar (FAQ-frequently asked questions) orqali o’zini qiziqtirgan muammolarga o’rgatuvchi dasturlar vositasida javob izlash;

  • forumlarda ishtirok etish – fan mavzulari bo’yicha telegram kanallari yoki masofaviy ta’lim platformalarida fikr almashish;

  • web-kvest – o’rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan (modul)ga oid bilimlarini mustahkamlash;

  • nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rish;

  • sinovlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • imtihonga tayyorgarlik ko’rish.


Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin