Tasdiqlayman” Termiz shahar 29-sonli dmtt mttdirektori “ ” 2023-yil



Yüklə 39,5 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü39,5 Kb.
#113276

TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 29-sonli DMTT
MTTdirektori _________________
___”___________2023-yil


__________________________ning 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida artterapiya yordamida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish”mavzusidagi tadqiqot ishi natijalarini amaliyotga tatbig‘i yuzasidan
DALOLATNOMA

Ushbu dalolatnoma shu haqda tuzildiki, _____________________________ning “Kognitiv faoliyat jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shaxsga yo’naltirilgan o’zaro munosabtlarning pedagogik shartlari (5-6 yoshli bolalar misolida)”mavzusidagi 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistrlik dissertatsiya bo‘yicha tajriba-sinov ishlari Termiz 29-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari orasida tashkil qilindi.


Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan amaliy ishlar , tadqiqot mavzusi bo‘yicha tajriba – sinov ishlari 29-sonli DMTT ning katta va tayyorlov guruhlarida tashkil qilindi. Bunda jami 50-nafar tarbiyalanuvchilar respondent sifatida ishtirok etdi.
Birinchi bosqich (2021 - 2022 yillar), tajriba-sinovni aniqlash bo‘lib, unda tadqiqotning muammosi, uning nazariy tushunchasi bo‘yicha maktabgacha ta’limga oid qaror va qonunlar va pedagogik adabiyotlar o‘rganildi va tahlil qilindi. Bu tadqiqotning maqsadi, predmeti, vazifalari, metodologik asosini aniqlashga yordam berdi. Bolalar yoshiga mos bo’lgan art-terapiya usullari ishlab chiqildi.
Ikkinchi bosqichda (2022 – 2023 yillar) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarida Kognitiv faoliyatni shakllantirishning turli metod va vositalaridan foydalanildi. Ikkinchi bosqich davomida tadqiqot materiallarini tizimlashtirish va tahlil qilish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich jarayonida olingan natijalarning matematik-statistik metodlar yordamida yakuniy tahlili chiqarildi. Tahlil natijalariga asosan, tarbiyalanuvchilarning kognitiv faollikni oshirishga bo’lgan qiziqishlari va faoliyat jarayonidagi ishtiroki hamda bolalardagi san’atga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tajriba – sinov ishlari natijasida olingan ma’lumotlarning matematik-statistik tahlili o‘ta aniqlik va o‘zaro bog‘likni talab etadi. Shunday ekan, mazkur bosqich yordamida bizning tadqiqot ishimizdan kutilgan natijalar va ularning ko‘rsatkichlari yaqqol namoyon etildi.
Tajriba-sinov ishlarining olib borilishi ko‘zlangan maqsadga erishishda olingan natijalarning qanchalar samaradorligiga bog‘liq. O‘z navbatida, bolalarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda Kognitiv faollikni oshirish metodlaridan foydalanish yaxshi natijalarni yuzaga chiqardi. Kognitiv faollikni oshirish metodlarida bolalar qiziqishlari va emotsiyalari rivojlana bordi. Yangilik yaratishga bo’lgan qiziqish ijobiy his-tuyg’ular va emotsiyalar shakllana boradi. Bolalar rasm chizish jarayonida turli ranglarni xosil qilishdi. Har bir bola o’zi xohlagan rasmini o’zi xohlagandek tasvirladilar. Bu jarayonda bolalarning kayfiyatlari ko’tarildi, o’rtoqlariga nisbatan ham xushchaqchaq munosabatda bo’lishdi.
Olib borgan tajribada 2 tur so‘rovnomalardan foydalanildi. Birinchisi, tarbiyalanuvchilarning Kognitiv faollikni oshirish metodlariga bo’lan qiziqishini kuzatish va baholash ikkinchi tur so‘rovnomamiz Kognitiv faollikni oshirish yo’nalishlari orasidagi eng ko’p qiziqish bildirilgan yo’nalishni aniqlash maqsadida tuzilgan.
O‘tkazilgangan tajribalardan quyidagi xulosalarga erishildi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir faoliyat jarayonlarini ijodkorlik asosida tashkil etishni takomillashtirib borishga e’tibor qaratish.
Agressiv bolalar uchun har haftada izoterapiya va qumda rasm chizish mashg’ulotlarini tashkil qilish. Bu orqali bolalardagi ruhiy zo’riqishlarni oldini olamiz va bolalarni ko’proq mashg’ulotlarga jalb qilishga erishamiz.
Agar bu mashg’ulotlarni musiqa jo’rligida tashkil etsak juda yaxshi natijalarga erishamiz. Chunki musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr –muhabbat va rahmdillik tuyg’ularini uyg’otishi mumkin.
Shu bilan birga ijodiy tarbiya berishda asosiy omil hisoblanadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go’zallikni idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiriladi, ma’naviy olamni kengaytiradi.
Kognitiv faollikni oshirish metodlari mashg’ulotlaridan ko’proq foydalanishni joriy qilish. Bolalar bilan ko’proq yakka tartibda ishlashni yo’lga qo’yish.Har bir faoliyat jarayonida ijodiy o’yinlardan foydalanishni yo’lga qo’yish.

Termiz shahar
29-sonli DMTT
Tashkilot direktori: ___________________
Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin