II. Fanning maqsadi O’quv fani sifatida iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi talabalarda iqtisodiy tizim amal qilishining nazariy asoslari to’g’risadagi tasavvurlarni, bilimlarni shakllantirish va bu tizimdagi o’zgarishlarni tahlil qilish, tushuntira olish, izohlash va baholash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
III. Ta’lim berish natijalari Ushbu fanni o’rganih natijasida talabalar:
• iqtisodiy terminlar, tushunchalar va nazariyalarni bilib oladilar va tushunadilar;
• asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish va iqtisodiy ma’lumotlarni sharhlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar;
• iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalanish;
• iqtisodiy g`oyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq ifoda eta oladilar;
• iqtisodiy tushunchalarni mavjud iqtisodiy vaziyatni va muammolarni izohlashda qo’llay oladilar.
Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
1. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni taxlil qilish, tartibga solish va sharhlash;
2. Iqtisodiy hodisa va jarayonlardan munosabatlarni va aloqalarni aniqlash uchun foydalanish;
3. Iqtisodiy ma’lumotlarni yozma, raqamli, diagramma va grafik taxlillarda qo`llash;
4. Iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish, aloqalarni aniqlash va rivojlantirish;
5. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini bilgan holda samarali qo`llash;
6. Iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilishi;
7. Iqtisodiy muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilish.
IV. Ta’lim berish usullari
real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;