Nazorat va muloxaza savollari
1. Mayda iqtisodiyot nazariyotchilariga xos xususiyatlar nimalardan
iborat?
2. S.Sismondining metodologiyasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Uning fikricha boylikning manbai nima?
3. S.Sismondi kapitalizmni qanday tarzda tankid qildi?
4. Prudon o‘z ta’limotida qanday iqtisodiy muammolarga e’tibor bergan?
5. J.B. Seyning asosiy iqtisodiy g‘oyalari nimadan iborat? Qiymat tushun
chasi nima bilan almashtiriladi?
6. T.r.Maltusning iqtisodiy ta’limoti, uning «Axoli nufusi» nazariyasi
mohiyatini tushuntirib bering.
Adabiyot
Asosiy adabiyot
1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston,1998.
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.
Qo‘shimcha adabiyot
1.Anikin A.V. Yunost nauki. M., Politizdat, 1985.
36
5- mavzu. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati
va tarixiy takdiri
Reja
1. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari.
2. K.Marks va F.Engels iqtisodiy g‘oyalarining mohiyati.
3. V.Leninning sotsialistik jamiyat iqtisodiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalari.
4. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning tarixiy takdiri.
5. Xulosa.
_Tayanch ibora va tushunchalar
Marksning jamiyat rivoji munosabati; qo‘shimcha qiymat nazariyasi;
Asosiy va aylanma kapital; kapitalning organik tuzilishi; axolining
absolyut va nisbiy kashshoqlashuvi; monopolistik kapitalizm; "Xarbiy
kommunizm"; yangi iqtisodiy siyosat.
1.Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
Angliya, Fransiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlarida X1X asr
boshlaridayok kapitalistik munosabatlar yetakchilik mavkeini egallay boshladi.
Mashina industriyasi tufayli sanoatning iqtisodiyotdagi urni bekiyos oshdi.
Birok mazkur o‘zgarishlar tekis va ravon amalga oshirilmayotganligi ham
oydinlasha bordi. 30-40 yillarda vuddistlar va chartistlar (Angliya) xarakati,
1831-1834 yy. Lion (Fransiya) va 1844y. Sileziya (Germaniya) dagi
to‘quvchilar ko‘zgolonlari bo‘lib utdi. Mexnatkash xalqning kapitalizmga
nisbatan noroziligi va nafrati ko‘payib bordi. Ish vaqtining o‘zunligi,
maoshning kamligi, mulkiy va sinfiy tabakalashuvning kuchayishi, ishsizlik,
iqtisodiy inkrozlar noroziliklarning sabablari edi.
Ayni paytda, mexnatkashlarning kashshoqlashuvi jarayonini kuchayishi
bilan bir qatorda nisbiy ortiqcha ishlab chiqarish mavjudligi oddiy xolga
aylanib qoldi. Mavjud ziddiyat va illatlar yechimi A.Smit, D.Rikardo, Sey,
Prudon kabilarning tadqiqotlarida o‘tkinchi va nojiddiy xolda zamonga
moslashtirish nuktai nazaridan talqin etildi. Xayoliy sotsialistlar (Sen-Simon,
Sharl Fure va R. Ouen) faoliyatida esa, mavjud tuzum negizlarini (xususiy
mulkchilik, sinfiy tabakalashuv) o‘zgartirmay jamiyatni islox qilish yo‘li
bayon etiladi.
Mavjud tadqiqotlar ishchilarning kapitalistik munosabatlarga nafrati
bilan bog‘liq muammolar yechimini topishda yetarli bo‘lmay qoldi. Bu esa
kapitalizm tubdan islox qilish sohasidagi yangi tadqiqotlarni yuzaga keltirdi.
37
K.Marks va F.Engels asarlarida bunday tadqiqot amalga oshiriladi.
V.I.Lenin esa markscha g‘oyani kapitalizm rivojining keyingi boskichiga
bog‘lab rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |