43
Bu yangi ilmiy taxlilni maydonga tashlagan va rivojlantirgan shaxslar
Uilyam Stenli Djevons (1835-1882), Alfred Marshall (1842-1924), Karl
Menger (1840-1921), Fridrix Fon Vizer (1851-1926), Yevgeniy Fon Bem
Baverk (1851-1914) edilar.
Qiymat nazariyasini ilmiy taxlil qilishda yaratilgan eng yukori foydalilik,
ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarkalishi ham mana shu olimlar nomi
bilan bog‘liqdir.
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda)u
djevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida
bayon etgan edi, ya’ni «kapital» asarining birinchi tomi nashr qilinishidan 4 yil
avval, A.Marshall, K.Menger, J.B.Klark, L.Valraslar o‘z qarashlari
shakllanayotgan ilk davrda K.Marks qarashlari bilan xali tanish emas edilar.
Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat
ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mexnat
chikimlari va mexnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi
(nafligi) va noyobliligi bilan boglanadi. «eng yukori foydalik» tushunchasi
keltiriladi.
Monopoliyalar davriga o‘tilganligi, kapitalistik mamlakatlarning ijtimoiy
turmushida shu bilan aloqador yangi xodisalar ro‘y berganligi burjua
mavko‘rasiga katta ta’sir utkazadi. Iqtisodchilar siyosiy iqtisodni «sof» fanga
aylantirishga intildilar. «Ekonomika», «Siyosiy iqtisod» iborasi urniga
«Ekonomiks» degan yangi ibora vujudga keldi, bu narsa undan ijtimoiy, sinfiy
muammolarni istisno etishni ta’kidlar edi.
Shu asosda kapitalizmni ilmiy taxlil qilishning yangi shakllarini zo‘r
berib ishlab chikishga kirishildi, bu yangi shakllar avvalo monopoliyani
ximoya qilish va oqlashi zarur edi. Bu taxlillar yangi marksizm iqtisodiy
ta’limotiga ham qarshi qaratilgan edi. Siyosiy, iqtisodiy, metodologik va
nazariy vositalarning yangilanishi XIX asrning 70-yillarida barpo etilgan bir
qancha maktablar doirasida amalga oshirildi.
Germaniyada tarixiy, yangi tarixiy maktab, Avstriya, Angliya-Amerika
maktabi va boshqa maktablar shular jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: