Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

3.Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi. 
XIX asrning 70-yillarida g‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan 
biri avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya 


46 
maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning 
mafkurachilari qullagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom 
berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi karl menger (1840-1921) 
bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy 
nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Fon 
Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chikdilar. Avstriya 
maktabining konsepsiyalari mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), 
Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chikishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» 
(1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik 
ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning 
tankidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, avstriya maktabining 
ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham 
yoyildi. Bu ta’limot garb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta 
ta’sir utkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti 
tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi. 
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt xislarida iqtisodiy 
xodisalarni izoxlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot 
ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb 
talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlako ajralgan shaxs-robinzon xo‘jaligi mana 
shunday xo‘jalikning oliy maksadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik 
xo‘jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yigindisi deb 
talqin etiladi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan 
bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chikish yetarli deb xisoblanadi,
ya’ni jamiyat alohida olingan robinzonlar xo‘jaligi yigindisidir, degen xulosa 
chiqariladi.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul 
yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib 
tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, 
ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi. 
Biz yukorida merkantilizm (boylik asosi muomala sohasida), Fiziokratizm 
(er), iqtisodiy bilimlarini kurdik. 
Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli 
Kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina boglangan yakka 
xo‘jaliklarning mexanik yigidisi deb tasvirlab, mexnatning qiymatni 
belgilashdagi rolini inkor etdilar. 
Kadriyat nazariyasi avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy 
o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi. 
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari 
ijtimoiy mazmundan maxrum bo‘lgan «ne’mat» va «kadriyat» kategoriyalari 


47 
(foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr 
kimmati shu maxsulotning foydaliliga va noyobligi bilan ulchanadi. 
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur 
mexnatning ifodasi, mexnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi 
koidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar. 
Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan tuldirdilar. 
Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning 
foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, avstriya maktabi 
iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali kadriyatni «lozim bo‘lgan daraxtdan, 
ildizning o‘zidan» taxlil eta boshladi. 
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy 
nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu 
xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub koidani rad 
etish orqali qiymat xosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi 
yo‘nalish xozirgi zamon iqtisodiy bilimlari asosidir. 
Ular buni baxo beruvchilik muloxazalariga va individlarning psixogiyasiga 
bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib kuydilar. Bu esa navbatdagi 
yangi nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u xosil bo‘ladigan sharoit va 
manbadan ishlab chiqarish va mexnat sohasidan butunlay ajratib kuyadi. 
Byom-baverkning hamma muloxazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu 
kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan 
fikrlar asosiga qurilgan. «eng yukori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari 
avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‘ldi, byom-
baverkning ta’biricha, kadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taksimlash, 
shu jumladan, yer rentasi, ish xaqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi 
butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin