"tasdiqlayman" Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz filiali



Yüklə 71,6 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü71,6 Kb.
#203586
  1   2   3   4   5
tasdiqlayman Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz f-hozir.org


"tasdiqlayman" Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz filiali

“TASDIQLAYMAN”


Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaxrisabz filiali
Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi
kafedrasi mudiri t.f.n. Norqobilov A.T.
___ ___________ 202__ yil
_______________
1-kurs 5320300-Texnologik mashinalar va jixozlar (tarmoqlar bo’yicha), 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha), 5322500- Vinochilik texnologiyasi, bijg’ish maxsulotlari va alkagolsiz ichimliklar texnologiyasi, 5322800-Funksional ovqatlanish va bolalar maxsulotlari texnologiyasi yo’nalishlar talabalari uchun
FIZIKA FANIDAN SAVOL VA MASALALARI (6 KREDIT)
  1. 1.2 Nuqta t1=15 s davomida v1=5 m/s, t2=10 s da v2=8 m/s va t3=6 s davomida v3=20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Nuqtaning shu yuldagi o’rtacha tezligi aniqlansin.


  2. Avtomobil o’z yo’lining to’rtdan uch kismini v1=60 km/soat tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa v2=80 km/soat tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning shu yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday?


  3. 1.15 Ikki moddiy nuqtaning xarakatlari quyidagi tenglamalar orqali ifodalanadi: x1=A1+B1t+C1t2, x2=A2+B2t+C2t2 bunda A1=20 m, A2=2 m, V2=V1=2 m/s, S1=- 4 m /s2, S2 = 0,5 m/ s2. Vaqt t ning kaysi momentida bu nuktalarning tezliklari bir xil bo’ladi? Shu moment uchun nuqtalarning tezliklari v1 va v2 xamda tezlanishlari a1 va a2 aniklansin.


  4. 1.17 Agar jism o’z yo’lining so’nggi metrini t = 0,1 s vakt davomida o’tgan bo’lsa, u qanday H balandlikdan tushgan?


  5. 1.18 Tosh h=1200 m balandlikdan tushmokda. Tosh tushish vaqtining so’ngi sekundida qanday s yo’lni o’tadi?


  6. 1.19 Tosh v0=20 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. Qancha vaqtdan keyin tosh h=15 m balandlikda bo’ladi? Shu balandlikda toshning tezligi v topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. g=10 m /s2 deb olinsin.


  7. 1.22 Koptokni v0=5 m/s boshlang’ich tezlik bilan balkondan yukoriga tik otdilar. t=2 s dan keyin koptok yerga tushdi. Balkonning yerdan balandligi va koptokning yerga urilish paytidagi tezligi aniqlansin.


  8. 1.29 Nuqta egri chiziq bo’ylab o’zgarmas at=0,5 m/s2 tangensial tezlanish bilan harakatlanmoqda. Egri chiziqning egrilik radiusi R=3 m bo’lgan qismida nuqta v=2 m/s tezlik bilan harakatlansa, chizikning shu kismida nuqtaning to’la tezlanishi a aniqlansin.


  9. 1.32 t=6 s davomida nuqta radiusi R=0,8 m bo’lgan aylana uzunligining yarmiga teng bo’lgan yo’lni o’tdi. Shu vaqt uchun o’rtacha tezlik || va o’rtacha tezlik vektorining moduli || aniqlansin.


  10. 1.40 Minoradan gorizontal yo’nalishda tosh otdilar. Tosh t=2 s dan keyin minora asosidan S=40 m masofada yerga tushdi. Toshning boshlang’ich v0 va oxirgi v tezliklari aniqlansin.


  11. 1.44 Jism ufqqa nisbatan biror a burchak ostida otilgan. Agar jismning gorizontal yo’nalishdagi uchish masofasi trayektoriyasining maksimal balandligi H dan to’rt marotaba katta bo’lsa, α burchak topilsin.


  12. 1.49 Jism ufqqa nisbatan α=30° burchak ostida otilgan. Harakatning boshlanish momentidagi tangensial at va normal ap tezlanishlar topilsin.


  13. 1.50 Yer sirtida yotgan nuqtalarning: 1) ekvatordagi; 2) Moskva kengligidagi =56°) chiziqli tezligi v va markazga intilma tezlanishi an aniqlansin.


  14. 1.51 Aylanayotgan disk aylanasi nuqtalarining chiziqli tezligi v1=3 m/s. O’qqa ΔR = 10 sm yaqinroq joylashgan nuqtalarning chiziqli tezligi esa v2 = 2 m/s. Diskning aylanish chastotasi p aniqlansin.


  15. 1.55 r=20 sm radiusli disk φ=A+Bt+Ct3 tenglamaga binoan aylanmoqda, bunda A=3 rad, V=1 rad/s, S=0,1 rad /s3. Vaqtning t=10 s momenti uchun disk aylanasidagi nuqtalarning tangensial at, normal ap va to’la a tezlanishlari aniqlansin.


  16. 1.59 Disk ε=-2 rad/s2 burchak tezlanish bilan aylanmoqda. Aylanish chastotasi n1=240 min-1 dan n2=90 min-1 gacha o’zgarganda disk necha marta N aylanadi? Buning uchun ketgan vaqt Δt topilsin.


  17. 2.2. Stolda m1=4 kg massali aravacha turibdi. Aravachaga ikkinchi uchi chig’ir orqali tashlangan chilvir bog’lab qo’yilgan. Agar chilvirning ikkinchi uchiga m2=1 kg massali tosh osilsa, aravacha kanday a tezlanish bilan harakat qiladi?


  18. 2.5 Massasi m=4 kg bo’lgan tayoqcha silliq stol ustida yotibdi. Tayoqchaga stolning qarama-qarshi qirralarida harakatsiz qilib mahkamlangan chig’irlar orqali oshirib tashlangan ikkita chilvir bog’langan. Chilvirlarning uchlariga massalari m1=1 kg va m2=2 kg bo’lgan toshlar osilgan. Tayoqchaning harakatlanish tezlanishi a va xar bir chilvirning taranglik kuchi T topilsin. Chig’irlarning massalari va ishqalanish hisobga olinmasin.


  19. 2.6 Ufq tekisligi bilan a=25° burchak tashkil qiluvchi qiya tekislikning uzunligi l=2 m. Tekis tezlanuvchan harakat qiluvchi jism bu tekislikdan t=2 s vaktda sirpanib tushdi. Jismning tekislikka ishqalanish koeffisiyenti µ aniqlansin.


  20. 2.7 Massasi m=2 kg bo’lgan moddiy nuqta F kuch ta’sirida x=A+Bt+St2+Dt3 tenglama bo’yicha harakat qiladi (bu yerda S=1 m/s2, D=0,2 m/s3) . Vaqtning t1=2 s va t2=5 s momentlari uchun bu kuchning qiymati topilsin. Vaqtning qaysi momentida kuch nolga teng buladi?


  21. 2.9 Muz sirti bo’ylab v0=20 m/s boshlang’ich tezlik bilan harakatlantirilgan shayba t=40 s dan keyin to’xtadi. Shaybaning muzga ishqalanish koeffisiyenti µ topilsin.


  22. 2.10. m=1 kg massali moddiy nuqta tekis harakatlanib, t=2 s vaqt davomida radiusi r=1,2 m bo’lgan chorak aylana chizadi. Nuqta impulsining o’zgarishi Δr topilsin.


  23. 2.22 Samolet ufq tekisligi yo’nalishida a=20 m/s2 tezlanish bilan uchmoqda. Samoletdagi yo’lovchining ortiqcha yuklanishi qancha? (Ortiqcha yuklanish deb yo’lovchiga ta’sir etuvchi F kuchning og’irlik kuchi P ga nisbatiga aytiladi).


  24. 2.34 Massasi m1=10 kg bo’lgan, v1=4 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan shar massasi m2=4 kg, tezligi v2=12 m/s bo’lgan boshqa bir shar bilan to’qnashadi. Urilishni to’g’ri noqayishqoq deb hisoblab, quyidagi ikki hol uchun sharlarning urilishdan keyingi tezligi i topilsin: 1) kichik shar shu yo’nalishda harakatlanayotgan katta sharni quvib yetadi; 2) sharlar bir-biriga tomon harakatlanadi.


  25. 2.42 R=40 sm radiusli disk tik o’q atrofida aylanmoqda. Diskning chekkasida kubcha turibdi. Ishqalanish koeffisiyentini µ=0,4 deb olib, kubcha diskdan sirpanib ketishi uchun zarur bo’lgan aylanish chastotasi n ni toping.


  26. 2.46 Uzunligi l=50 sm bo’lgan chilvirga bog’langan yukcha ufq tekisligida aylanmoqda. Agar aylanish chastotasi n=1s-1 bo’lsa, chilvir tiklik bilan qanday φ burchak hosil qiladi?


  27. 2.50 Massasi m=5 t bo’lgan avtomobil v=10 m/s tezlik bilan qavarik ko’prikda harakatlanmoqda. Agar ko’prikning egrilik radiusi R=50 m bo’lsa, eng yuqori qismda avtomobilning ko’prikka bosim kuchi R aniqlansin.


  28. 2.57 O’zgarmas F kuch ta’sirida vagoncha S=5 m yo’lni o’tdi va v=2 m/s tezlik oldi. Agar vagonchaning massasi m=400 kg va ishqalanish koeffisiyenti µ=0,01 bo’lsa, kuchning ishi A aniqlansin.


  29. 2.58 m=100 kg massali yukni t=2 s vaqt davomida h=4 m balandlikka tekis tezlanuvchan ko’tarish uchun bajariladigan A ish hisoblansin.


  30. 2.59 Yukni uzunligi l=2 m bo’lgan qiya tekislikdan ko’tarishda bajariladigan ish A topilsin. Yukning massasi m=100 kg, qiyalik burchagi φ=300, ishqalanish koeffisiyenti µ=0,1 va yuk a=1 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmokda.


  31. 2.60 Tekis o’suvchi kuchning S=1 2 m yo’lni o’tishda bajargan ishi A hisoblansin. Yo’lning boshida F1=10 N, yo’lning oxirida esa F2=46 N.


  32. 2.61 m=20 kg massali yuk tik yuqoriga yo’nalgan, F=400 N o’zgarmas kuch ta’sirida h=15 m balandlikka ko’tarilgan. Ko’tarilgan yuk kanday P potensial energiyaga ega bo’ladi? F kuch kanday A ishni bajaradi?


  33. 2.67 m = 2 kg massali nuqta x o’qi bo’ylab yo’nalgan qandaydir kuch ta’sirida x=A+Bt+Ct2+Dt3 tenglamaga binoan harakat qiladi (bunda V=-2 m/s, S=1 m/s2, D=0,2 m/s3). Vaqtning t=2s va t=5s onlarida kuch ta’sirida erishiladigan quvvat N topilsin.


  34. 3.1 m=0,3 kg massali moddiy nuqtaning nuqtadan r=20 sm uzoqlikdan o’tgan o’qqa nisbatan inersiya momenti J aniqlansin.


  35. 3.7 Uzunligi l=60 sm va massasi m=100 g bo’lgan ingichka bir jinsli tayoqchaning unga tik va tayoqchaning uchlaridan biridan a=20 sm masofadagi nuqtasidan o’tuvchi o’qqa nisbatan inersiya momenti J aniklansin.


  36. 3.28 Massasi m=10 kg va radiusi R=20 sm bo’lgan shar o’z markazidan o’tuvchi o’k atrofida aylanadi. Sharning aylanish tenglamasi φ=A+Bt2+Ct3 ko’rinishga ega, bunda V=4 rad/s2, S=-1 rad/s3. Sharga ta’sir etayotgan kuch momentining o’zgarish qonuni topilsin. Vaqtning t=2 s onidagi kuch momenti M aniqlansin.


  37. 3.41 Motorning yakori n=1500 min- 1 chastota bilan aylanmoqda. Agar motor quvvatni N=500 Vt gacha oshira olsa, aylantiruvchi moment M aniqlansin.


  38. 4.2. Har birining massasi m=10 t dan bo’lgan ikkita fazoviy kema bir-biriga r=100 m masofagacha yaqinlashishsa, ularning o’zaro tortishish kuchi F ning kattaligi qanday bo’ladi?


  39. 4.3 Har birining diametri d=20 sm dan bo’lgan, bir-biriga tegib turgan ikkita temir sharning o’zaro tortishish kuchi F aniqlansin.


  40. 4.6 Mars sayyorasining radiusi R=3,4 Mm, uning massasi M=6,4*1023 kg. Mars sirtidagi tortishish maydoni kuchlanganligi aniqlansin.


  41. 4.31 Kichik sayyoraning radiusi R=100 km, sayyoradagi moddalarning o’rtacha zichligi r=3 g/sm3. Shu sayyora sirtidagi parabolik tezlik V aniqlansin.


  42. 4.38. Diametri d=2 sm va uzunligi l=60 m bo’lgan qo’rgoshin simning yuqori uchi qo’zg’almas kilib mahkamlangan. Pastki uchiga esa m=100 kg massali yuk osilgan. Simning 1) pastki uchidagi; 2 ) o’rtasidagi; 3) yuqori uchidagi kuchlanishi topilsin.


  43. 4.43 Uzunligi l


    Yüklə 71,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin