V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Fonetika bo‘limi. Nutq a’zolari. O‘zbek tilining tovushlar tizimi. Unli tovushlar va ularning tasnifi. Undosh tovushlar va ularning tasnifi. Bo‘g‘in, urg‘u hamda tovush o‘zgarishi hodisalari. Yozuvda aks etadigan tovush o‘zgarishlari. Talaffuzda ro‘y beradigan tovush o‘zgarishlari. Tovush almashinishi hodisasi. Tovush tushishi hodisasi. Tovush ortishi hodisasi. Assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza hodisalarini bilishi;
Orfografiya tamoyillari: fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv, tarixiy yozuv tamoyillari. Imlo me’yorlari: qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalarini bilishi;
Lug‘aviy ma’no va grammatik ma’no. So‘z ma’nolarining ko‘chishi. O‘z ma’no, ko‘chma ma’no. Ma’no ko‘chish usullari: metafora, metanimiya, sinekdoxa, kinoya. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari: omonim, sinonim, antonim, paronimlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
So‘z tarkibi. Asos va qo‘shimchalar. Yetakchi morfema. Ko‘makchi morfemalar va ularning turlari. So‘z yasovchi qo‘shimchalar, shakl yasovchi qo‘shimchalar (lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar). So‘z tarkibida tartib haqida ko‘nikmaga ega bo‘lish;
Tilshunoslikning grammatika bo‘limi. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. So‘z turkumlari: mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, alohida olingan so‘zlar. Ot so‘z turkumi. Otga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar: kelishik, egalik, son. Otlarning ma’noviy turlari. Otlarning yasalishi. Otlarga xos kichraytirish-erkalash shakllari haqida ko‘nikma hosil qilish;
Sifat so‘z turkumi. Daraja kategoriyasi. Sifatlarning ma’no turlari. Asliy va nisbiy sifatlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar
amaliy mashg‘ulotlar (“Aqliy hujum”, “Tezkor savol-javoblar”, “Zig-zag”, “Men kimman?”, “Xatosini top!” kabi usullar asosida);
kichik guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
jamoa bo‘lib ishlash.
|