IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Badiiy asar matnidan fonetik hodisaga uchragan so‘zlar ishtrok etgan gaplarni topish va to‘plash (10 ta gap).
Bo‘g‘in va uning turlariga misollar to‘plash va tahlil qilish (20-30 ta).
Lotin alifbosi asosidagi “husnixat daftari” mashqlarini bajarish.
Yozuv tamoyillariga doir so‘zlarni to‘plash va tahlil qilish (30-40 ta).
Gazeta va jurnallardan imloviy xatoliklarni toppish va tahlil qilish (5-10 ta).
Ko‘chirish qoidalariga muvofiq shaklda matn shakllantiring (30-20 so‘z)
So‘z ma’nolarining ko‘chishiga badiiy asarlardan misollar yig‘ish va tahlil qilish (10 ta gap).
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari bo‘yicha test topshiriqlari shakllantiring (15).
Sinonim so‘zlar yuzasidan klaster shakllantiring.
Morfemika bo‘yicha tarqatmali material tayyorlash (5-10 ta).
Ko‘makchi morfemalar mavzusi yuzasidan konspekt tayyorlash (referat).
Gazeta-jurnallardan ixtiyoriy matnni tanlash va morfemik tahlil qilish.
So‘z tarkibi mavzusi yuzasidan og‘zaki savol-javob o‘tkazish.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llanilgan atoqli otlarni to‘plang va tasnif qiling (10-15 ta).
Otning ko‘plik shakli (-lar) va u ifodalaydigan ma’nolar mavzusida konspekt tayyorlash.
O‘zbek tilida hurmat, erkalash-kichraytirish shakllari mavzusida ilmiy-ommabop esse tayyorlash.
Ot so‘z turkumi yuzasidan test topshiriqlari tayyorlash (15 ta).
Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni qatnashtirib “Men yoqtirgan gullar” mavzusida kichik esse tayyorlash (2 bet).
Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” va “Dahshat” hikoyalari matnidan sifat turkumiga oid so‘zlarni to‘plash va darajalarini aniqlash.
O‘tilgan mavzular yuzasidan original ko‘rgazma tayyorlash.
Sifat so‘z turkumi mavzusida taqdimot tayyorlash.
Izoh: Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar, ko‘rgazmali ijodiy va yozma ishlar tayyorlash hamda uni taqdimot qilish tavsiya qilinadi. Shu bilan birga o‘qituvchi tomonidan mustaqil ishlash uchun berilgan test va boshqa topshiriqlar bajariladi.