57-mavzu. Bog‘lanishli nutq. Og‘zaki hikoya va yozma insho (4 soat)
Og‘zaki va yozma insho turlari. Inshoning boshqa yozma matn turlaridan farqli xususiyatlari. O‘quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keying ishlar.
Adabiyotlar: A1, A2, A5, Q2, Q4
58-mavzu. Nutqiy xatolar va ularni oldini olish yo‘llari
Nutqiy va yozma matnlarda yo‘l qo‘yiladigan xatolar. Ularning turlari, ularni to‘g‘rilash va oldini olish yo‘llari.
Adabiyotlar: A1, A2, A5, Q2, Q4
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular (2-semestr):
1. Tilning ijtimoiy mohiyati. Tilshunoslik bo‘limlari.
2. Fonetika va grafika. Tilning fonetik vositalari.
3. Unli va undosh fonemalar tasnifi.
4. Kombinator va pozitsion o‘zgarishlar. Fonetik hodisalar.
5. Yozuv turlari. O‘zbek yozuvi tarixi.
6. Yozuv tamoyillari. Imlo me’yorlari: qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari.
7. So‘z ma’nosi taraqqiyoti. Lug‘aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari.
8. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
9. O‘zbek tili leksikasining tarixiylik, qo‘llanish doirasiga ko‘ra tavsifi.
10. O‘zbek tili leksikasining lug‘at tarkibi va uning hissiy-ta’sir bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.
11. So‘zlarning morfemik bo‘linishi. Yetakchi va ko‘makchi morfemalar.
12. So‘z shakli va grammatik ma’no. So‘z turkumlariga ajratish tamoyili.
13. Ot turkumiga xos grammatik kategoriyalar. Otning ma’noviy turlari.
14. Otlarning aloqa munosabat kategoriyalari, morfologik-sintaktik xususiyatlari.
15. Sifat so‘z turkumining leksik-grammatik xususiyatlari. Sifatlarning daraja kategoriyalari.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular (3-semestr):
1. Son so‘z turkumi. Sonning ma’no turlari. Leksik-grammatik xususiyatlari
2. Olmoshning ta’rifi, leksik-grammatik xususiyatlari
3. Fe’l so‘z turkumi sifatida. Fe’lning nisbat shakllari. O‘timli va o‘timsiz fe’llar
4. Fe’lning vazifa shakllari
5. Fe’l mayllari. Fe’lning zamon kategoriyalari. Fe’llarning yasalishi va tuslanishi
6. Ravish so‘z turkumi va uning leksik-grammatik xususiyatlari
7. Yordamchi so‘zlar va ularning turlari. Alohida guruh so‘zlar va ularning turlari
8. So‘z birikmasi tasnifi
9. Gap bo‘laklari. Ega va kesimning ifodalanishi
10. Ikkinchi darajali bo‘laklar
11. Sodda gap va uning turlari
12. Qo‘shma gap va uning turlari
13. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar va ularning turlari
14. Ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap
15. O‘zlashtirma gapni shakllantirish qonuniyatlari
Dostları ilə paylaş: |