TАLАBА BILIMINI BАXOLАSH I. OʼQUV SOАTLАRI Ushbu fan 1 semestr davomida oʼqitiladi va oʼquv soatlari quyidagicha:
Semestr
Xaftalar soni
Ma`ruza
Amaliy
Seminar
Tajriba
Jami auditoriya soati
Mustaqil ta`lim
1
4
8
8
16
(haftasiga 4 soat)
44
II. NAZORAT TURLARI 1-SEMESTR: 1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʼtkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat o‘quv mashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarish asosida talabaning bilim va amaliy koʼnikmalarini baholash maqsadida 1-semestr davomida 1 marta oʼtkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy (yoki boʼlsa seminar xam) laboratoriya mashgʼulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashgʼulotlardagi faolligi fan oʼqituvchisi tomonidan baholab boriladi.
1.4. Talabani oraliq nazorat turi boʼyicha baholashda mustaqil ishni topshirishi, oʼquv mashgʼulotlari davomida olgan baholari va nazoratda berilgan 3 ta nazariy savolga bergan yozma (og’zaki) javoblari umumlashtirilib yaxlitlab qo‘yiladi
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan boʼyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarini oʼzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma (og’zaki) shaklda oʼtkaziladi:
Yakuniy nazorat turini oʼtkazish ushbu shakllari kafedra tomonidan belgilanadi.
III. TАLАBАLАR BILIMINI BАHOLАSH MEZONLАRI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʼlo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini oʼzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
IV. TАLАBАLАR BILIMINI BАHOLАSHDА UMUMIY QOIDАLАR
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2. Yakuniy nazorat, Ijtimoiy gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti dekani tomonidan ishlab chiqilgan (oʼquv ishlari boʼyicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini oʼtkazish jadvaliga muvofiq oʼtkaziladi.
3. Аgar taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi tomonidan nazorat turlarini oʼtkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, oʼtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʼtkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan boʼyicha yakuniy nazorat turi oʼtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʼlishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʼyicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʼyicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga koʼra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
8. Talaba oraliq (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan oʼta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boʼyicha professor-oʼqituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq (yoki) yakuniy nazorat turini oʼtkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud boʼlgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boʼyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy taʼlim muassasasi rektorini (boshligʼini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugʼi asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi boʼlgan taqdirda, baholash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Аpellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʼrib chiqiladi. Talabaning apellyatsiyasini koʼrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Аpellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini koʼrib chiqib, uning natijasi boʼyicha ushbu semestrda fanni oʼzlashtirgani yoki oʼzlashtira olmagani koʼrsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini taʼminlaydi.
11. Nazorat turi boʼyicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (aʼlo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yoʼl qoʼyilmaydi.