"tasdiqlayman"



Yüklə 339,86 Kb.
səhifə1/20
tarix24.03.2022
ölçüsü339,86 Kb.
#54093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
12-1- Пед. Кенгашa2


“TASDIQLAYMAN”

27-DMTT direktorii

__________ S.Y.Uzakaova

2020 yil _______avgust

Chirchiq shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi

27-son Ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining

Pedagogik kengash bayonnomasi. № 1
2020 yil _______ avgust
Majlis raisi : S.Y.Uzakaova - tashkilot direktori

Majlis kotibi : D.Xolmatova - tashkilot uslubchisi

Qatnashdilar : Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan

pedagog xodimlar.

(ro‘yhat asosida ____ nafar ishtirok etishi kerak._____ nafar ishtirok etdi.)

KUN TARTIBIDA:

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2019-2020 o‘quv yili davomida olib borilgan ta’lim –tarbiyaviy ishlarning xisoboti va 2020-2021 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: (MTT direktori) S.Y.Uzakaova

2. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida tuzilgan IDMTT variativ dasturini tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30 avgust kungi №155-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish xujjatlari tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tuzilgan ish rejalar muxokamasi va ularni tasdiqlashga tavsiya etish haqida.

Ma’ruzachi: tashkilot uslubchisi D.Xolmatova

3. Pandemiya davrida maktabgacha ta’lim tashkilotining gurux xonalarida yangi

o‘quv yiliga tayyorgarlik, guruxlarda rivojlanish markazlarini tashkil

etilganlik xolati, tarbiyachilar tomonidan masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha taxlil va tavsiyalar.

Ma’ruzachi: (MTT direktori)

ESHITILDI:

Kun tartibidagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2019-2020 o‘quv yili davomida olib borilgan ta’lim –tarbiyaviy ishlarning xisoboti va 2020-2021 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori S.E.Uzakova so‘zga chiqib, 2019-2020 o‘quv yilida olib borilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni va kelgusidagi vazifalar haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Biz 2019-2020 o‘quv yilida ta’lim –tarbiya jarayonida bir qancha ishlarni amalga oshirdik. Tarbiyachilar reja asosida namunaviy ochiq mashg‘ulotlar, shonli sanalarga bag‘ishlab bir necha bor tadbirlar o‘tkazdilar. Tashkilotimizda bundan tashqari, Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini olib bordi. Ularning ko‘magida, tashabbuslari bilan guruhlarda quvonarli ishlar qilindi. Ish xujjatlarini namunali, toza – ozoda yuritib borayotgan tarbiyachilarimizga rag‘batlantirishlar berildi. Tashkilotda ota- onalarimiz bilan yilning ikki choragida yig‘ilish tashkil etildi va ularni tashkilot faoliyati bilan tanishtirdik, o‘z navbatida ular bergan maslahat va ko‘maklaridan foydalandik. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan respublikamizda karantin joriy etilib, biz barcha mashg‘ulotlarni onlayn tarzda uzluksiz olib bordik. Masofaviy o‘qitish joriy etildi. Bunda bizning bir nechta tarbiyachilarimiz o‘zlarining faolligini, iqtidorini va jonkuyarliklarini isbotladilar. Fursatdan foydalanib men ularga o‘z tashakkurimni bildirmoqchiman. Yangi o‘quv yilida xam ularga shunday shijoatni tilayman. 2020-2021 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalmoqchiman. Xar birimiz pandemiyaning og‘ir sharoitida farzandlarimiz, tarbiyalanuvchilarimiz xayotini asrashimiz, talab etilayotgan tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilishimiz lozim. Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim Vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘i asosida barcha me’yoriy xujjatlarni yuritishimiz kerak.» deb o‘z so‘zini yakunladi.

(yozilgan ma’lumoti pedagogik kengash materiallariga ilova qilinadi).



QAROR QILADI:

  1. “Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2019-2020 o‘quv yili davomida olib borilgan ta’lim –tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq deb topilsin.

  2. 2020 – 2021 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga yo‘naltirilgan ish reja va belgilangan chora-tadbirlar tasdiqlansin.

  3. 2020-2021 o‘quv yilida ilg‘or innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishga e’tibor kuchaytirilsin

Mas’ul : (pedagog xodimlar)

Muddati: o’quv yili davomida

Mazkur qarorlarni bajarilishini nazorat qilish tashkilot uslubchisi D.Xolmatova zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida tuzilgan IDMTT variativ dasturini tasdiqlash boyicha uslubchi D.Xolmatovaso’zga chiqib tashkilot defektologlari tomonidan aynan tashkilotga qatnaydigan tarbiyalanuvchilarning tashxislariga mos qilib tuzilgan variativ dastur bilan tanishtirdi. Variativ dastur nima uchun zarurligi, “Ilk qadam” davlat dasturidan nimasi bilan farqlanishi xaqida tushuntirib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30 avgust kungi №155-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish xujjatlari tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tuzilgan ish rejalar muxokamasi va ularni tasdiqlash tavsiya etish haqida”gi masala yuzasidan so‘zga chiqqan tashkilot uslubchisi D.Xolmatova. Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruv xujjatlari 01-01 dan, 01-19 gacha yuritishga tayyor xolatga keltirilganligi, Tashkilot direktorining xujjatlari, ish rejasi, xodimlarni ish vaqtini hisoblash tabeli, yo‘riqnomalar kitobi belgilangan tartibda tayyorlanganligi, maktabgacha ta’lim tashkishloti uslubchisining (04-01dan.04-04gacha), ta’lim tashkilotining tarbiyachisi tomonidan yuritiladigan (11-01dan. 11-07gacha )xujjatlari, musiqa rahbarining (07-01dan.07-06gacha) xujjatlari, jismoniy tarbiya rahbarining(08-01dan,08-05gacha) ish xujjatlari, defektologning ish xujjatlari (12-01dan, 12-07gacha) ish xujjatlari tayyorlanganligi bo‘yicha fikr bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 30avgust kungi №155-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish xujjatlari tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tuzilgan ish rejalar muxokamasi va ularni tasdiqlashga tavsiya etish haqida”gi masala yuzasidan bildirilgan fikrlar atroflicha o‘rganib chiqilib, muhokama etilib, pedagogik kengash yig‘ilishi




Yüklə 339,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin