1. Ilk qadam” va” Ilm yoʻli” dasturi asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish jarayoniga ota-onalarni jalb etishning noaan’anaviy usullari .
Ma’ruzachi:Sagdullayeva Sh.A
2.Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishda kuzatuv kengashining oʻrni
Ma’ruzachi: Sagdullayeva Sh.A
3.”Pedagoglar ish faoliyatida AKT” mavzusida qiyosiy tekshiruv.
Ma’ruzachi: tarbiyachi- Alimova S
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tashkilot v.v.b direktori Sagdullayeva Sh so’zga chiqib, dastur asosida zamonaviy texnoligiyalarni qo’llash hozirgi zamon talabi ekanligi xaqida so’z yuritdi. U o’z nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Boshlangʻich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida Oʻzbekiston oʻz zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga toʻlovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi boʻyicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yoʻli” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan
6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi, Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash boʻyicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yoʻli” variativ dasturi bolaning toʻlaқonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va oʻqishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan ҳujjat boʻlib sanaladi.
Mazkur dastur oʻziga xos boʻlib, unga koʻra, oʻquv-tarbiyaviy faoliyat kuniga
3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qoʻllanilishi mumkin:
· bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega boʻlgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
· maktabgacha va boshlangʻich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oʻrta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
· maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, oʻz muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.Boshlangʻich majburiy bir yillik maktabgacha tayorlov guruhlarga qatnayotgan bolalarning ota-onalari bilan muvafaqiyatli hamkorlik qilish uchun DMTT xodimlariga quyidagi faoliyat yoʻnalishalrini tavsiya etish mumkin.
1.Ota-onalarga DMTT xodimlari bilan hamkorlik qilishga intilishni shakllantirish.
2.Bolaning imkoniyatlari, talab –ehtiyojlari va qiziqishlarni baholashda ,uningDMTT kirishiga koʻmaklashish.
3.Ota-onalarning pedagogic kompitentligini oshirish ota-onalarga uyda bola bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun zarur boʻlgan metodik usullarni oʻrgatish.
4.Ota-onalarga bola shaxsini rivogʻlantirish uchun xizmat qiladigan maxsus tarbiya usullarini oʻrgatish.
Dostları ilə paylaş: |