Q A R O R Q I L A D I:
Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasi, tashkilot direktorining shaxsiy ish rejasini tasdiqlash uchun shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga tavsiya etilsin.
Mas’ul: Tashkilot direktori.
Muddati: 2020 yil 5 sentyabr
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida tuzilgan IDMTT variativ dasturi belgilangan tartibda tasdiqlansin va pedagog hodimlar yil davomida shu dastur bilan o’z faoliyatlarini olib borsinlar
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining ish hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun tashkiloti direktoriga taqdim etilsin.
Mas’ul: Pedagog xodimlar.
Muddati : 2020 yil 3 sentyabr
Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarga tasdiqlangan ish rejasida belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarishi uchun mas’ul ekanligi uqtirib o‘tilsin
Kun tartibidagi Maktabgacha ta’lim vazirining 2020 yil 21 avgustdagi 0373-20-sonli COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotining gurux xonalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, guruxlarda rivojlanish markazlarini tashkil etilganlik xolati, tarbiyachilar tomonidan masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha taxlil va tavsiyalar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ta’lim tashkiloti direktori S.Y.Uzakova so‘zga chiqdi, tashkilotda oyna, eshik rom almashtirish ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli guruhlar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo’yicha jihozlashning hozircha imkoni yo’qligi xaqida aytib o’tdi, shuningdek qaysi guruhdagi ta’mirlash ishlari tugatilishi bilan o’sha guruh xonalari belgilangan tartibda, pandemiya sharotiga moslab jihozlanishi lozimligini tushuntirdi. pandemiya davrida maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatni tashkil etish uchun xonalarni tozaligiga aloxida e’tibor berish, sanitoriya-gigiena qoidalariga rioya qilish, ota-onalar bilan muloqat qilishda ikki metr masofani saqlash, xonalarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda jarayonlarni tashkil etish, yotoqxonada kravatlarni shaxmat usulida joylashtirish, niqoblar, ularni almashtirish, yordamchi tarbiyachining vazifalari, antitseptik vositalardan foydalanish, dez to‘shamalarni o‘z vaqtida dizenfeksiya qilib turish to‘g‘risida gapirib, masofaviy ish davri amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taxliliy ma’lumotini qildi. Shuningdek, alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar masofaviy ish usulida barcha jarayonlarni onlayn tarzda o‘tkazish davom ettirilishi lozimligi aytib o’tildi.
Masala yuzasidan so‘zga chiqqan tashkilot hamshirasi - M.Sharipova Pandemiya jarayonida faoliyatlarni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarni xar bir harakatini nazoratga olish, qabul jarayonida bolaning isitmasini pinometr yordamida o‘lchash, 37 gradusdan yuqori bo‘lsa ota-onaning oldida tibbiyot birlashmasiga xabar berish, antitseptik vositalardan foydalanish , xonalarni tez-tez 1%li xlor eritmasi bilan yuvish, bolalarga 2 tadan kichik qopcha qildirib, sochiqlarini va antitseptik vositalarini solish, kiyimlarini almashtirish, ovqatlanish va mashg‘ulot jarayonlarida bolalarni karantin qoidalari asosida o‘tirishiga amal qilish, o‘yin jarayonlari, kechki sayrlarni tashkil etishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
Kun tartibidagi “Pandemiya davrida maktabgacha ta’lim tashkilotining gurux xonalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik,guruxlarda rivojlanish markazlarini tashkil etilganlik xolati, tarbiyachilar tomonidan masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha taxlil va tavsiyalar to‘g‘risida”gi masala atroflicha o‘rganilib, muhokama etilib, pedagogik kengash yig‘ilishi
Dostları ilə paylaş: |