Tasdiqlayman


Birinchi shifokor yordami



Yüklə 230,77 Kb.
səhifə20/28
tarix02.01.2022
ölçüsü230,77 Kb.
#1316
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Birinchi shifokor yordami

Birinchi shifokor yordamini ko’rsatishda oldinga qo’yilgan vazifalardan biri bu tahminiy tashxis qo’yish, ichki punkt va evakatortransport saralash. Asosiy vazifada jarohatlanganlarni evakuasiya qilish bo’lsa,shuningdek davolash doirasini, uning ketma ketligini aniqlab olish lozim.

O’tkir nafas yetishmovchiligi alomatlarini (sezilarli nafas siqishi, sianoz) detalsiz ko’rishda aniqlanadi, bu shu guruhning transportirovka qilish mumkin emasligi va tashqi nafas faoliyati tiklangunga qadar ularni ushlab turish kerak.

Agarda shikastlanganlar shokning kompensaciya bosqichida bo’lsa nafas yetishmovchligi sezilarli bo’lmasa, ularni sanitar transportda shokka qarshi davo qilib olib ketish mumkin.

Sekin evakuasiyaga loyiq deb, komatoz yoki komatoz oldi holatida bo’lgan dekompensaciyalangan shok alomatlari bo’lmaganlar kiradi.

Qaytuvchi dekompensacion shok bilan jarohatlanganlarni transportirovka qilish o’z o’zidan hafli hisoblanadi, shunig ushun cheklanish qilinadi (masalan, davom etuvchi ichki qon yo’qotish, qon to’htatilmasa shokka qarshi terapiya effekt bermaydi).Qolgan vaziyatlarda birinchi shifokor yordami shokni kompensaciyalangan fazasiga o’tkazish (shu maqsadda shikastlanganlat bog’lov xonasiga yuboriladi) va keyinchalik evakuasiya.

Ommaviy tushishlarda jarohatlangalar guruhiga to’gri tashxislash ahamiyatlidur. Shokning dekompensaciyalangan bosqichidagi, birgina jarohatlanganni bir necha soat davolash, boshqa bir necha bemorlarga yordam ko’rsata olmaslikka yoki qisman yordam ko’rsata ololmaslikka olib keladi, bu esa boshqa bir necha bemorlarni saqlab qolish mumkin bo’lardi.

Agarda ommaviy tushishlarda jarohatlanganlarga, qaytuvchi dekompensaciyalangan shok bilan shokka qarshi davo 2-4 s davomida klinik effect bermasa, u to’htalishi kerak va bemorga shu bosqichda simptomatik davo o’tkazish kerak. Vaholanki qiliniyatgan shokka qarshi muolaja boshqalarga ko’rsatilayotgan yordamdan kichik bo’lsa, so’zsiz u davom ettirilishi kerak.

Qaytmas dekompensaciyalangan shok bilan shikastlanganlarga faqatgina simptomatik davo qilinadi, bu anlgetiklarni qilishdan iborat.

Birinchi tibbiy yordamni asosiy qismi bog’lov xonasida o’tkaziladi. Tashqi qon ketishni vaqtinchalik to’htatish bajariladi. Bunda qo’yilga jgutlar reviziyasi bajariladi, birinchidan jgutning uzoq muddat turishi qo’l va oyoqlarda qaytmas ishemiyaga olib keladi, ikkinchidan birlamchi tibbiy yordam va shifokorgacha bo’lgan yordamda jgut asossiz qo’yiladi.

UAQ tushishi yetakchi omil bo’ladi, u shokning og’irlik darajasini va natijasinianiqlaydi, buni hisogba olgan holda, birinchi navbatda shok bilan jarohatlanganlarga kompleks davolashda infusion-transfuzion terapiya o’tkaziladi. Infuziya o’tkazish uchun markaziy yoki (tehnik bajarib bo’lmagan holda) periferik venani katetirizasiya qilgan lozim. Infusion terapiyani katta diametrli katetrlarda o’tkazgan maqul, chunki o’tkir davrda quyilish tezligi yuqori bo’lishi kerek (birinchi porsiyani (500 ml) struyna quyish tavsiya etiladi, keyionchalik sistolik arterial bosimni 80-90 mm sim. ust. Kotalirgunga qadar infuziya tezligi 100ml/min tezlikda quyish, faqatgina keyin biriz sekin quyish mumkin). Biroq markaziy venaga katetr qoyish biroz vaqt va amaliy ko’nikmalarni talab etadi. Agarda shifokor yahshi tehnikaga ega bo’lmasa yoki qandaydiy qiyinchilik bilan duch kelsa, infusion terapiyani tezkor boshlash maqsadida venopunksiya lozim ko’rish kerak. Tuzli suyuqliklardan tashqari, tomir tizimiga qon o’rnin bosuvchilar, garmonlar, alohida hollarda esa - qon quyiladi. Zamonaviy transfuziologiya uchun gemotransfuzilogiyani ilmiy tasdiqlab cheklagan lozim. UAQ korreksiya qilish maqsadida, kristalloid va kalloid suyuqliklarni, shuningdek zamonaviy medisina zahirasida ko’p miqdorda bo’lgan qon komponentlatini qo’llaniladi. Bunda maqsad UAQ to’ldirishdan iborat emas, balki suv va elektrolit balansini buzilishi korreksiyasi va generazilangan degidrotatsiya bilan kurashishga qaratilgan. Dekompensaciya sharoitida odatiy holda qondagi kislota-ishqoriy holatni (pH va ishqoriy zahirani) nazorat qilish lozim, bunda kutilayotgan metobolik asidoz o’rniga shok vaqtida metobolik alkaloz uchraydi, ayniqsa bu holat jarohatdan song 8 s so’ng kuzatiladi. Bunda alkaloz UAQ defisiti to’ldirilishiga nisbatab tezroq kuzatiladi.

Ishqoriy suyuqliklarni (natriy bikorbanati) nazoratsiz meyorsiz quyish bemor holatini og’irlashshiga olib keladi!

Bikorbanat natriyni qonda pH 7,2 dan kam bo’lgan holatda qo’llaniladi, biroq bu tomir toraytiruvchi vositalarni effektini kamaytidi. Bikorbanat natriyni notasdiqiy buyurilishi to’qimalarga kislorodni kelishini kamaytiradi va markaziy nerv tizimida asidozni kuchaytiradi.

Asidozga qarshi kurashda mikriserkulaciyani yahshilash maqsadida reoterpiya qo’llaniladi, metobolizmni kislotali mahsulotlarini chiqarish va o’pkani yordamchi ventilyasiyasi uchun mannitol ifuziyasi qilinadi.


Yüklə 230,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin