Homilador ayollarda shokni o’ziga hos kechishi
Homiladorlarga jarohat olganda zamonaviy tibbiy yordam ko’rsatish, nafaqat bo’lajak ona hayotiga, balki homilani taqdiriga ham bog’liq. Jarohat olgan homiladorga shifokor yordam ko’rsatish vaqtida ikkita bemor bilan ish tutadi, ularni jarohatga sezgirligi va har hil bo’ladi. Jarohat tasiridagi stress oqibatida ayol organizmi o’z gemostazini homila gemostazi hisobiga ushlab turadi. Buning oqibatida onada shok va gipoksiya rivojlanishi sababli bachadon-plasentar qon aylanishi pasayadi, bu bolaga yomon ta’sir ko’rsatadi.
Jarohatdan so’ng onada gipotenziya va gipoksiyaga qaratilgan shokka qarshi chora tadbirlar, homilada qaytmas o’zgarishlar boshlanmasidan avvalroq boshlanishi lozim. Homiladorlarga jarohatdan so’ng shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish boshqa og'ir jarohat olganlarga yordam ko’rsatishda unchalik farq qilmaydi.
Homiladorlikda UAQ miqdori homiladan oldingi hajmiga nisbatan ikkinchi yarimida 30% ga oshadi va tug’ruqgacha asta sekinlik bilan oshib boradi. Shu munosabat bilan shokka qarshi davo vaqtida “hisoblangan” hajmdan suyuqlik miqdorini (qonni) eng kamida 25% ko’proq quyish lozim. Yosh ayolda homiladorlik vaqtida ko’pinch qon yo’qotish katta hajmga yetmagunicha, qon yo’qotishni klinik belgilari aniqlanmaydi, bunday holatda qandaydir davolash chora tadbirlarini olib borish kech bo’ladi.Homilador ayol UAQ 30-35% ni yo’qotgunicha, taxikardiya, gipotenziya, oqarish va kuchsiz tomir urishi paydo bo’lmasligi mumkin, bu esa shokni rivojlanayoganligidan va u dekompensiciya bosqichida ekanligidan dalolat beradi. Homiladorlikda bachadoplasentar qon aylanishiga to’g’ri keluvchi yurakning 15-20% minutlik hajm ulushi, shok vaqtida ayol organizmini hayotiy funksiyalarini qo’llab quvvatlashga zudlik bilan yo’naltiriladi.Shok vaqtida qonda adrenalin miqdori keskin oshib ketadi va qon oqimi bachadondan yurakga va miyaga yo’naltiriladi. Natijada hosil bo’lgan gipotenziyaga qarshi quyilgan suyuqliklar (qon) nafaqat ayolni, balki homilani ahvolini yahshilaydi, o’sha vaqtda qon tomir toraytiruvchi va gipotenziyaga qarshi preparatlarni birgalikda qo’llanilishi bachadon-plasentar qon aylanishini kamayishini kuchaytirib yuboradi, bu holat homilani o’limiga olib keladi, agrda medikamentoz davo to’g’ri tanlanganda buning oldini olish mumkin bo’lar edi.
Tahminan 10% ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarimida beliga yotgan holatida gipotenziya vjudga keladi. Bu bachadonni kovak vena bosilishi bilan yuzaga keladi. Agarda ayolni bunday holatda bir necha daqiqaga qoldirilsa, yurakning minutlik hajmi kamayadi va gipotenziya vujudga kelishi mumkin. Gipotenziyani klinik ko’rinishi hamma homilador ayollarda kuzatilmasligi mumkin, garchi katta va kichik darajada kovak vena bosilishi ularning hammasida kuzatilsa ham.Bu bosilish faqatgina jarohat vaqtida homiladorni ahvolini yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Baxtsiz hodisalar vaqtida, homiladorlarni yon boshga yotqizilgan holatida transportirovka qilish lozim!
Hatto jarrohlik amaliyoti vaqtida ham bachadon kovak venasini bosmasligi uchun o’ng son va o’ng yonbosh yarimiga, yonbosh suyagini qanoti sohasiga hanjarsimon valik qo’yiladi. Barcha tibbiy hodimlar ayolni yonbosh holatida joylashib yotishi va uni kuzatib turish kerakligi to’g’risida habardor bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |