Shokni keksalarda kechishini o’ziga hos hususiyatlari
Keksa odamlarda shokning u yoki bu og’irlikda vjudga kelishi , zararlovchi omildan tashqari, jarohat harakteri yoki joyi, jarohatdan oldingi paydo bo’lgan ichki a’zolar va markaziy nerv sistemasidagi fenksional o’zgarishlar ahamiyatga ega. Keksa pdamlarda ko’pincha jarohatdan oldin surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi va umumiy aylanayotgan qonni kamayishi kuzatiladI; yoshlarga nisbatan shok UAQ kam miqdorda o’zgarishi bilan vjudga keladi.
Normal yoki biroz oshgan arterial bosim darajasi qari odamlarda, ayniqsa jarohatdan so’ng, umumiy ahvolini baholashda aldanib qolishga sabab bo’ladi. Bunday bemor shok oldi yoki shokning latent holatida bo’lishi mumkin. Keksa odamlarda har doim arterial bosimni oshib yurishi barcha a’zolar va sistemalarni uzoq yillar davomida qon aylanish tizimini o’zgacha faoliyat ko’rsatishiga olib keladi. Tabiy ravishda, bunday sharoitda bosimni keskin tushishi noqulay bo’lishi mumkin.Amaliyotda kuztilishicha keksa odamlarda jarohatlar vaqtida anutiya tez-tez kuzatiladi.Qarilarda koptokchalar filtrasiyasi va kanalchalarning qayta so’rib olish qobiliyati keskin tushib ketadi. Boshlang’ich yuqori bosimdan arterial bosimni 70-60 mm sim.ust. tushishi uni kritik ahvolda ekanligiga asos bo’la oladi. Undan tashqari, qari odamlarda jarohatdan oldingi arterial bosimni har doim ham aniqlab bo’lmaydi.
Qari bemorlarda normal yoki biroz tushgan bosimda (100—120 mmsim. ust.) shokga gumon qilib, uni oldini olish va davolash choralari ko’rilsa to’g’ri bo’ladi.
Qari odamlarda ko’proq yoshlarga nisbatan suyaklar sinishida, travmatik shok yog’li emboliya bilan kechishi mumkin. Qon yo’qotishdan keyingi shok holati, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyin qariyalarda miya tomirlari trombozi ham ko’p uchraydi.
Qari odamlarda jarohat olganda, yengil jarohat bo’lsa ham ahvolini baholashda extiyotkorlik talab etadi, chunki bu shokning og’ir darajasiga kelishi mumkin. Shokning rivojlanishi nuqtai nazaridan har bir olingan jarohatni havfli deb hisoblamoq kerak. Faqatgina profilaktik choralar ko’rilganda va sinchkovlik bilan nazorat qilindagina og’ir refrakter shokdan habardor bo’lish va oldini olish mumkin. Letal holat yoshi kattalarda va qariyalarda boshqa guruh yoshidagilarga solishtirilganda sezilarli darajada yuqori. Bu ayniqsa qo’shma jarohatlarda, ko’plab kuyishlarda va bosh-miya jarohatlarida ravshan ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: |