Tasdiqlayman” Xatirchi tumani mtbga qarashli “ ”-sonli mtt raxbari


(1iyun - “Xalqaro bolalar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir ssenarisi)



Yüklə 235,27 Kb.
səhifə2/13
tarix07.01.2024
ölçüsü235,27 Kb.
#207609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-iyun Bolalar kuni ssenariylar

(1iyun - “Xalqaro bolalar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir ssenarisi)

Tadbir o‘tkaziladigan joy bolalar bahri – dilini ochar darajada go‘zal qilib bezatilgan. Hammaning o‘qishi uchun tiniq ranglar bilan yozilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni”dan ayrim moddalar devorlarga ilingan. “Toshkent sharlari” mahsulotlari, turli ko‘rinishdagi porloq chiroqlar va rango-rang gullarning did bilan joylashuvi tadbir o‘tkazilayotgan sinf yoki sahnaning ko‘rkiga fayz qo‘shadi. Bolalarga xos kuvnoqlik aks ettirib turuvchi kiyimlar va unga muqobil soch turmaklari bilan sahnaga ikki boshlovchi (yuqori sinf o‘kuvchilaridan bo‘lsa, yana ham yaxshi) yuzlarida tabassum balqib chiqib kelishadi.


1-boshlovchi:
Ajib bir tong otdi, yana elimda ,
Osmonni to‘ldirib qushlar navosi.
Saharda uyg‘onib, uni olqishlang,
Buncha orombaxshdir tongning havosi.


2-boshlovchi:
Ajib bir tong otdi, yana elimda
G‘unchalar sevinchdan ko‘zlarin ochdi.
Diyorim go‘zaldir, unga parvona
Saxiy quyosh zamin nurlarin sochdi.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Bu kun bizga atalgan kun, barcha-barchaning diqqat-e’tibori bizga qaratilgan kun.
2-boshlovchi: - Shu bois, biz davrani ochib berdik, endigi so‘z navbati ustozlarimizga.
Ustoz: - Shu davrada o‘tirganlarning barcha-barchasiga maktabdagi ja’miki bolalarimiz nomidan alangali salomlar bo‘lsin! Darhaqiqat, bugun mehr-muruvvatga yo‘g‘rilgan olam-olam e’tiborimiz shu qorako‘z bolajonlarimiz uchun. Bolalar!
Siz mening qaynoq yuragim,
Kamolingiz ko‘rish - ezgu tilagim.
Yashnagan ozodu obod Vatanda,
Ishonchli posbonim, tolmas bilagim.
Bolalik beg‘ubor, bokira, toza,
Bolalik davrining o‘zi mo‘jiza.
Gullarning yuzida shudring misoli
Tip-tiniq, musaffo hamda pokiza!
Shu aziz damlarning qadriga yeting,
Sayyoralar uzra parvozlar eting.
Oltin davringizga qolmasin g‘ubor,
O‘zbegim bayrog‘in Marsgacha elting!
«Lazgi» kuyi balandlab, sho‘x qizlar raqsga tushadilar.

Yüklə 235,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin