1-boshlovchi: - Ha, darvoqe ustozlarimiz aytganidek, bizning himoyamiz, biz haqimizda qayg‘urish chindan ham Yurtboshimiz rahnamoligida davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Qarang, oynai jahon - televidenie ko‘rsatuvlari ham har oqshom o‘z namoyishlarini biz-bolalarga atalgan turli xil ko‘rsatuvlar bilan boshlaydi.
2-boshlovchi: - «Bolalar dunyosi», «Davrning bolasi», «Bolalik orzusi», «O‘yla, izla, top», «Kitob-oftob», «Bolalar tabassumi», «Quvnoq do‘mboqchalar», «Yoshlar salomi», «Kelajak ovozi», «Yangi avlod», «Barkamol avlod», «Qizg‘aldoq», «Yoshlar maydoni», «Kelajak tongi» kabi eshittirish va ko‘rsatuvlar bizlarning hayotimiz, o‘qishimiz, intilishlarimiz, iste’dod qirralarimiz haqida hikoya qiladi.
1-boshlovchi: - Gazeta-jurnallarni varaqlangchi, ularning biror soni yo‘qki, bizlarga atalgan sahifa bo‘lmasin. Sarlavhalarini aytmaysizmi, bizga bunday maqtovlar juda yoqadi: «Har bir bola e’tiborda», «Iqtidorli yoshlar mahorati», «Bolalarda ijodkorlik tuyg‘usi», «Kelajak tayanchi yoshlar!» va hokazolar.
2-boshlovchi: - Chindan ham bizning kamolotimiz yo‘lida g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning muqaddas burchiga aylangan ekan, mustaqil yurtimizning ilk ordeni «Sog‘lom avlod uchun» deb atalishi ham bejiz emas. «Sog‘lom avlod, deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimiznigina emas, balki ma’naviy boy avlodni ham nazarda tutganmiz. Chunki har taraflama sog‘lom avlodga ega xalqni hech kim, hech qachon yenga olmaydi».
Prezidentimizning aytgan bu so‘zlarining qanchalar hayotiy ekanligi biz bolalarning istiqlol g‘oyalariga sodiq, mard va jasur, intellektual salohiyati yuksak avlod bo‘lib voyaga etishimizda o‘z aksini topmoqda.
Bolalikni tarannum etuvchi she’rlar, hajviy qo‘shiqlar yangraydi. Ikki boshlovchi chiqib, yurtimizda o‘sib kelayotgan avlodning iste’dod qirralari, qobiliyati, iqtidorini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarning yaratilishi o‘z samarasini berayotgani xususida gapirib, sahnaga 3-4 o‘quvchini taklif etishadi.