Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix14.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#129967
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Kitob 7769 uzsmart.uz

«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari: 
• Milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini qabul qilingan shartnomaviy 
majburiyatlarning xorijiy hamkorlar tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi 
siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan mukammal sug‘urta himoyasi bilan 
ta’minlash; 
• O‘zbekiston Respublikasining texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini 
moliyalashtiruvchi rezident-banklariga eksport kreditlarini sug‘urtalashning 
xalqaro nizomlariga binoan sug‘urta kafolatini taqdim etish; 


63 
• Texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksporti xalqaro bozorlarining kompleks 
marketing tahlilini tashkillashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning eksprt 
imkonyatlarini o‘rganish va mavjud texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro 
bozorlarga olib chiqish strategiyasini yo‘lga qo‘yish; 
• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kirituvchi xorijiy 
investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini mukammal sug‘urta himoyasi 
bilan ta’milash. 
Kompaniya infratuzilmasi:
Hududiy filiallar: 
• Toshkent shahar filiali 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali 
• Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari 
Qushma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari: 
• Investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha “O‘zbekinvest Interneshnl” qo‘shma 
kompaniyasi (London sh., Buyuk Britaniya) 
• “O‘zbekinvest Eksiminform” Marketing agentligi 
• “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi 
• “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Investitsiya kompaniyasi 
Sug‘urta sohasi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 
«Sug‘urta olami» Sug‘urta Biznesi O‘quv Markazi. 
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari: 
• «O‘zbekinvest» sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo‘lib, so‘nggi yillar 
mobaynida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha sug‘urtachilar reytingida 
mustahkam ravishda yuqori qatorlarni egallab kelmoqda. 
• «O‘zbekinvest» - moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z tizimining ISO 9001:2000 
xalqaro standartiga mosligini tasdiqlovchi sertifikatni olgan birinchi kompaniyadir 
(2004 yildan beri). 
• «O‘zbekinvest» EIMSK - O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida «Moody’s 
Investors Services Ltd.» (Buyuk Britaniya) reyting agentligidan «Barqaror 
istiqbol» - B1 darajasidagi xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini olgan birinchi 


64 
va yagona kompaniyadir. 
• Kompaniyaga «Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik» (uzA++) reytingi va uni 
tasdiqlovchi maxsus 
sertifikat 
berilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta 
kompaniyalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir. 
• «O‘zbekinvest»da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu jamoa 
o‘z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi: 
• Sug‘urta himoyasining narhi va sifati mutanosib uyg‘unligi; 
• Majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi
• Har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv; 
• Zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli hildagi sug‘urta dasturlari; 
• Xalqaro sifat standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va moslashuvchan tarif 
stavkalari; 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin