70
• agar chet el investitsiyasi Davlat investitsion dasturi loyihalari ro'yxatida
ko'rsatilgan loyiha bo'yicha amalga oshirilgan bo'lsa, yetti yillik muddatga
daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan
ozod qilish;
• agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 60% dan ortig'i bolalar uchun
tovarlar bo'lib hisoblansa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqni 10%
gacha kamaytirish;
• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30%
dan kam bo'lmagan
qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan olinadigan
soliqni 50% ga kamaytirish;
• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15%
dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan
olinadigan soliqni 30% ga kamaytirish;
• agar kompaniya qishloq joyda tuzilgan bo'lsa, ishlab chiqarish boshlangan
paytdan boshlab, uch yil muddatga daromad (foyda)dan olinadigan
soliqni
to'lashdan ozod qilish va keyingi ikki yil davomida foydadan
olinadigan soliqni 50% ga kamaytirish;
• agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya (mahalliylashtirish) dasturlarining
loyihalari ro'yxatida ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, daromad
(foyda)dan olinadigan soliqdan 5 yil muddatga ozod qilish, lokalizatsiya
loyihalari asosida ishlab chiqarilgan
mahsulotning bir qismiga
(soddalashtirilgan soliq tizimi qo'llaniladigan ob'ektlar uchun) alohida
soliq
belgilash;
• yangi tashkil qilingan korxonalarni ro'yxatga olingan paytdan boshlab ikki
yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;
• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30% ni
eksport qilsa, mulk solig'ini 50% ga kamaytirish;
• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15%
dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, mulk solig'ini 30% ga
kamaytirish;
• agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya dasturlarining loyihalari ro'yxatida
71
ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, lokalizatsiya qilinadigan
mahsulotlar uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining
bir qismini 5 yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;
• oylik ish haqi fondlarini cheklashdan ozod qilish.
Hozirda yuqoridagi imtiyozlarga ayrim o'zgartirishlar kiritilgan. Soliq
Kodeksiga
ko'ra investorlarga nisbatan quyida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa
majburiy
to'lovlar bo'yicha imtiyozlar qo'llaniladi:
• yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari
mavjud bo'lgan mintaqalarva qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda;
• chet ellik investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy
xorijiy
investitsiyalar O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda
amalga oshirilganda;
• yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy
ishtirokchilarning ulushi
kamida 50 foizni tashkil etganda;
• yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin to'g'ridan-to'g'ri
xususiy xorijiy investitsiyalar kiritilganda;
• xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy
texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
• soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berilganligi
natijasida ushbu imtiyozlarning qo'llanilish muddati mobaynida olingan
daromadlar yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta
investitsiyalashga yo'naltirilganda.
Dostları ilə paylaş: