Tashishni tashkil etish Kafedrasining majlisida muhokama qilindi va ma’qullandi


INSERT texnikasidan foydalanib ishlash qoidasi



Yüklə 292,63 Kb.
səhifə4/10
tarix13.09.2023
ölçüsü292,63 Kb.
#142989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Barnoyev Sardor

INSERT texnikasidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o‘qib, matn chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqishingiz lozim.
√ — Bilaman,
+ — men uchun yangi ma’lumot,
- — men bilgan ma’lumotni inkor qiladi,
? — noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘´shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring:



Mavzu savollari



-

+

?

  1. Nomoddiy aktiv nima?












  1. Nomoddiy aktivlar nechinchi schotda yuritiladi?












  1. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish?







+




  1. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi?







+




(5-ilova)
Power point tartibida Yangi mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni namoyish va sharhlash bilan bayon qiladi.

(7-ilova)
(8-ilova)



Nomoddiy aktivlarni sotib olinishi: a)sotib olish qiymati va boshqa sotib olish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar summasiga b) Nomoddiy aktivlarni dastlabki qiymati bo’yicha kirim qilinishi
GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TOPSHIRIQLARI



Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan nomoddiy aktivlar summasi

(9-ilova)


GURUHLI ISH NATIJALARINI BAXOLASH MEZONLARI



Ko’ r s a t k i ch l a r



Maks.ball

Gurux ishi natijalarining baxosi

1

2

3

4

Ma’lumotning to’liqligi

1













Taqdimot (ma’lumotning chizmali tarzda taqdim etilishi)

2













Guruhning faollik darajasi (qo’shimchalar kiritish, savol-javoblar berish)

2














Ballarning maksimal xajmi

5














(10-ilova)
GURUHDА TОPSHIRIQNI BАJАRISH YO`RIQNОMASI

1. Guruh liderini tanlang.
2. Topshiriq bilan tarnishing va uni bajarish yo’lini muhokama qiling.
3. Taqdimotni rasmiylashtiring.
4. Taqdimot o`tkazing.
5. Guruhlar ishini baholashini o`tkazing.


(11-ilova)


UYGA VAZIFA


Hisobotda kommunal xizmat xarajat moddasi qaysi xarajat guruxi tarkibiga kiritiladi?



NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBDAN CHIQARISH


REJA:




  1. Nomoddiy aktivlarning umumiy tushunchasi, ularni turkumlarga ajratish va baholash.
  2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish.

  3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi.

  4. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi va hisobi.


Tayanch iboralar: nomoddiy aktivlar, 7-sonli BHMS, turkumlarga ajratish, baholash, gudvil, amortizatsiya hisoblash, nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar, hisobdan chiqarish tartibi.


  1. Nomoddiy aktivlarning umumiy tushunchasi, ularni turkumlarga ajratish va baholash.


O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllari, jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham tub o‘zgarishlar qilish zaruriyati tug‘ildi.
Hisobning har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazariy, uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish bilan hisobda yuzaga kelgan muammolarni yechish yo‘llari hamda foydalaniladigan tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o‘zgarmasdan qoldi. Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlari, ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni hisobga olish yo‘llari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. Ayniqsa, buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko‘rinmas aktivlar» (intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi.
Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega bo‘lmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi. Nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun1 va buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarishga xarajatlar» deb nomlangan 7- va 11-sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlarida bayon etiladi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga muvofiq, nomoddiy aktivlar - moddiy- ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bo‘lmagan, lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi.
Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va aqliy mulk ob’ektlarining qiymati, mulk huquqi ob’ekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy huquqlar, shuningdek, uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.

Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.


Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yo‘li bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir qator omillarni hisobga olish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni xarid qilish, rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk va savdo markalari aks ettiriladi. Tanho huquqlar, kompyuter dasturlarini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ro‘yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari ya’ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to‘G‘risidagi bilim, texnik ko‘nikmalar va boshqalar amaliyotda uchraydigan nomoddiy aktivga oddiy misollar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

  • nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda me’g‘riy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;

  • korxonaga mavjud va kamg‘b tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi andozalariga va me’g‘riy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;

  • mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;

  • eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.

Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:

  • patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’g‘riy hujjatlar asosida sotib olinadi;

  • nou-xau — ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi;

  • tovar belgilari, savdo markalari va atamalari — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari;

  • sanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli tovarlarining tashqi qig‘fasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo misol bo‘la oladi;

  • dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi;

  • gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq;

  • tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari;

  • franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi;

  • mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi;

  • yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi — xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.

Nomoddiy aktivlarni baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asoslanilish lozim. Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi baho (qiymat)lardan foydalaniladi:

  • dastlabki qiymat;

  • sotish qiymati;

  • tugatish qiymati;

  • qoldiq qiymati;

  • o‘rnini qoplash qiymati.

Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilishda haqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha tan olinadi. Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.
Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamG‘arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktivlarning dastlabki yoki joriy qiymatidir.
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.



  1. Yüklə 292,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin