Tashishni tashkil etish Kafedrasining majlisida muhokama qilindi va ma’qullandi


Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl)



Yüklə 292,63 Kb.
səhifə6/10
tarix13.09.2023
ölçüsü292,63 Kb.
#142989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Barnoyev Sardor

Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl).


Mazkur dalolatnomaning shakli amaliyotda me’yoriy - huquqiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qo‘shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko‘ri- nishida olish, korxonaning o‘zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» NMA-1 shakl bo‘yicha rasmiylashtirilishi lozim.
Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har bir ob’ekt uchun bir nus’hada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib “Umumiy dalolatnoma” tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo‘lgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o‘lchamdagi bir nechta yer maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar bo‘lishi mumkin. Dalolatnomaning asosiy vositalarni hisobga oladigan dalolatnomadan farqi bu shaklning sodda hamda kerakli rekvizitlarga ega bo‘lganligidadir.

Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga ob’ektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo‘yicha dalolat-nomani to‘ldirish aktivning o‘ziga xos xusutsiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.


Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi. (NMA- 2 shakl).


Korxonalarining hisob yuritish siyosatiga muvofiq ulardagi mavjud nomoddiy aktivlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» deb nomlagan dalolatnomaning yangi shakli (NMA-2 shakl) ishlab chiqildi va uni amaliyotga joriy etish mumkin.
Ushbu shaklda nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobdan chiqarish paytida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tayinlangan hay’at tomonidan ikki nusxada tuziladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga, ikkinchi nusxasi esa javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarning nomi, sanasi, inventar (arxiv raqami), hisobdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiyaning yillik me’yori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi.
Tomonlar o‘rtasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat namunasi huquqi bo‘yicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga bo‘lgan guvohnomalar o‘z kuchini yo‘qotganda korxonada nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish komissiya a’zolarining xulosalariga asoslanadi va yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.

Yüklə 292,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin