Tashkent Medical Academy Volume 3



Yüklə 30,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü30,82 Kb.
#183621
1   2   3
abu-rayhon-beruniy-ijodining-tibbiyotdagi-o-rni

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
389
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
keng qo‟llanib kelinayotgan, dorivor o`simliklarning ayrimlari haqida to`xtalib 
o`tamiz. 
Qizilmiya 
(shirinmiya)

Qizilmiya(shirinmiya)-dukkakdoshlar 
oilasiga 
mansub, bo‟yi 1-1,5 metrga yetadigan ko‟p yillik o‟t o‟simlik, bargi ellipssimon
cho‟ziq tuxumsimon yoki lansetsimon. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi 
pishganda ochilmaydigan dukkak shaklda. Avgust-sentyabrda yetiladi. Ildizida 23% 
glyukarrin, likviritin, likviritozid, likviriton, flabinoidlar bo‟lib, nafas yo‟li 
kasalliklarida balg‟am ko‟chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengillashtiruvchi dori 
sifatida ishlatiladi. Zab dori tayyorlashda foydalaniladi. 
Bodom
. Bodom ra‟nodoshlar oilasidan, bo‟yi 2-5 m, ba‟zan 8m ga yetadigan 
daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda 
pishadi. Mag‟zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B
2, 
2 % emulsiya oshqozon-ichak 
og‟rig‟ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Kanakunjut
. Kanakunjut- sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o‟t. 
barglari panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli ko‟sakdan 
iborat.Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. 
Urug‟idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va 
boshqa dorilar tayyorlanib, ilmiy tibbiyotda qo‟llaniladi. 
Abujahl tarvuzi
. Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‟t, o‟simlik. 
Barglari yirik,poyasida ketma-ket joylashgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari bir 
uyli. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Ildizining tarkibida glikozidlar bor,smola, 
polisaxaridlari ham bor.Ildizidan tayyorlanadigan qiyom akofit preparati tayyorlashda 
ishlatiladi, u og‟riq qoldirish, qon to‟xtatish xususiyatiga ega. 
Jut
. Jut- jo‟kadoshlar oilasiga mansub bir yullik o‟t, bo‟yi 3 m ga yetadi. 
Barglari keng lansetsimon. Gullari sariq. Iyulda gullaydi. Ko‟sak holidagi mevasi 
sentyabrda pishadi. Urug‟idan yurak glikozidlari tayyorlanadi. 
Mavrak
. Mavrak-labguldoshlar oilasiga mansub, ko‟p yillik o‟t, bo‟yi 20-50 
sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi 
joylashadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi 
yassi, yumaloq, yong‟oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi 
muhofaza vositasi tarzida qo‟llaniladi. 
XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan 
qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, 
fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga 
bag„ishlangan yevropalik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, 
E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof, osiyo 



Yüklə 30,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin