Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 389 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference keng qo‟llanib kelinayotgan, dorivor o`simliklarning ayrimlari haqida to`xtalib
o`tamiz.
Qizilmiya (shirinmiya) .
Qizilmiya(shirinmiya)-dukkakdoshlar
oilasiga
mansub, bo‟yi 1-1,5 metrga yetadigan ko‟p yillik o‟t o‟simlik, bargi ellipssimon,
cho‟ziq tuxumsimon yoki lansetsimon. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi
pishganda ochilmaydigan dukkak shaklda. Avgust-sentyabrda yetiladi. Ildizida 23%
glyukarrin, likviritin, likviritozid, likviriton, flabinoidlar bo‟lib, nafas yo‟li
kasalliklarida balg‟am ko‟chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengillashtiruvchi dori
sifatida ishlatiladi. Zab dori tayyorlashda foydalaniladi.
Bodom . Bodom ra‟nodoshlar oilasidan, bo‟yi 2-5 m, ba‟zan 8m ga yetadigan
daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda
pishadi. Mag‟zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B
2,
2 % emulsiya oshqozon-ichak
og‟rig‟ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Kanakunjut . Kanakunjut- sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o‟t.
barglari panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli ko‟sakdan
iborat.Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi.
Urug‟idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va
boshqa dorilar tayyorlanib, ilmiy tibbiyotda qo‟llaniladi.
Abujahl tarvuzi . Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‟t, o‟simlik.
Barglari yirik,poyasida ketma-ket joylashgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari bir
uyli. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Ildizining tarkibida glikozidlar bor,smola,
polisaxaridlari ham bor.Ildizidan tayyorlanadigan qiyom akofit preparati tayyorlashda
ishlatiladi, u og‟riq qoldirish, qon to‟xtatish xususiyatiga ega.
Jut . Jut- jo‟kadoshlar oilasiga mansub bir yullik o‟t, bo‟yi 3 m ga yetadi.
Barglari keng lansetsimon. Gullari sariq. Iyulda gullaydi. Ko‟sak holidagi mevasi
sentyabrda pishadi. Urug‟idan yurak glikozidlari tayyorlanadi.
Mavrak . Mavrak-labguldoshlar oilasiga mansub, ko‟p yillik o‟t, bo‟yi 20-50
sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi
joylashadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi
yassi, yumaloq, yong‟oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi
muhofaza vositasi tarzida qo‟llaniladi.
XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan
qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz,
fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga
bag„ishlangan yevropalik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter,
E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof, osiyo