Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 253 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference D.SH.Matros, V.N.Pugach va N.F.Yefremovalar о‘z tadqiqotlarida «ta’lim sifati»
tushunchasi shakllanishining birinchi boshlang‘ich davri qadimgi dunyo davlatlarida
mavjud bо‘lgan darvga borib taqaladi, degan fikrni aytishgan. «Sifat» tushunchasini
Aristotel borliqning kо‘rinishdagi farqlanishi sifatida ta’riflagan. Uning fikricha biror-bir
predmet boshqasi bilan bir xil bо‘lmaydi, chunki u sifat jihatdan о‘ziga xos bо‘lgan
xususiyatlarga ega. Sifat tushunchasi ma’lum bir holat, borliqning farqli jihatlari,
predmetga xos bо‘lgan xususiyatlar, rivojlanayotgan yoki harakatlanayotgan ob’yektning
joylashish koordinatalaridan iborat ekanligidadir.
Mazkur masalaga oid fikrlar о‘sha davr faylasuflarining ta’lim jarayoni va
natijalari qanday bо‘lishi kerak, degan qarashlarida о‘z aksini topgan. Qadimgi dunyo
faylasuf olimlarining fikricha, ta’lim va tarbiyaning eng samarali natijasi insonning
komilligi bо‘lishi lozim degan fikrni ilgari surganlar. Gerakl kо‘p ma’lumotni bilish
aqllilikka о‘rgatmaydi, deb ta’kidlagan bо‘lsa, Konfutsiy ta’limning eng oliy darajali
maqsadi insonning ma’naviyatli va odob-ahloqli bо‘lishi, urf-odat, an’analarni bilishi,
yaqin insonlarga hurmatda bо‘lishi va о‘zi tug‘ilib о‘sgan zaminni sevib ardoqlashida
deb ta’kidlaydi.
Ta’lim sifatiga yondashuvlar XVIII asrga kelib tubdan о‘zgardi. Bu davrda ta’lim-
tarbiya va bilim konsepsiyasi takomillashib, ilm-fanning nazariy va ilmiy tajriba
yutuqlari sifatni belgilovchi omil hisoblana boshladi.
Ta’lim sifati tushunchasiga S.YE.Shishov va V.A.Kalniylar «Maktab: ta’lim sifati
monitoringi» deb nomlangan kitobida «Ta’lim sifati – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining
umid va maqsadlarining ta’lim muassasasi tomonidan kо‘rsatilgan ta’lim xizmatidan
qondirilish darajasi» yoki «Ta’limdan kо‘zlangan maqsad va vazifalarga erishilgan
darajasi» deb ta’rif berganlar. Mazkur tushunchaga A.Moiseyev «Ta’lim sifati –
о‘quvchilar, jamiyat va buyurtmachilar talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
ta’lim natijasining xususiyatlari va xarakteristikasining о‘ziga xos jamlanmasi» deb ta’rif
beradi.
N.V.Bordovskaya va A.Rean ta’lim sifati quyidagi о‘ziga xos uchta jihat: ta’lim
natijalari va maqsadlarining aniq bir ta’lim tizimi yoki ta’lim muassasasi miqyosida
moslik darajasi; alohida bir shaxsning ta’limiy tayyorgarlik darajasining belgilangan
parametrlarga mosligi; nazariy bilimlar va kо‘nikmalarni shaxsiy hamda kasbiy
faoliyatda qо‘llay olishning mosligi darajasi bilan ajralib turishini ta’kidlagan.
V.Gurov esa «ta’lim sifati» tushunchasini aniqlashtirishda tadqiqotchilar asosan
tо‘rtta yondashuvga oid ta’rif berganlarini ta’kidlaydi: ta’lim muassasasining shart-
sharoitlar va mexanizmlarga mos meyorlar asosida faoliyat
kо‘rsatishi; mutaxassislar tayyorlash sifati; ta’lim standartlari sifati;