Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan
is the Glorification of Human Dignity, the
Guarantee of Our Free and Prosperous Life
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati
177
December 1
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING QABUL
QILINISHINING TARIXI
Rashod Adilovich Nosirov
t.f.d., professor, TDTrU
Svetlana Vladimirovna Temirova
katta o‟qituvchi
TDTrU
Konstitutsiyaviy «bino»ning qurilishi uch ming yillik milliy davlatchilik
tajribasiga asoslangan. Bugungi O„zbekiston qadimiy Xorazm va So„g„diyona,
Qoraxoniylar,
Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o„zbek xonliklari,
ma‟rifatli
ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an‟analari va mustaqil davlat haqidagi
ko„p asrlik orzularini o„zida mujassam etgan.
Bundan tashqari, bizning qiziqish va intilishlarimizdan
kelib chiqqan holda,
Asosiy qonunimiz Sharq va G„arb, Janub va Shimolning 97 mamlakati tomonidan
to„plangan ilg„or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olgan holda yaratilgan.
O„zbekiston Konstitutsiyasining paydo bo„lishi tarixi haqida gap ketganda,
suveren O„zbekistonning birinchi
Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama qilish,
qabul qilish va amalga oshirishning 6 ta huquqiy bosqichini qayd etish zarur. Zero,
Konstitutsiya yaratilish tarixi mustaqillik uchun kurashning ajralmas qismidir.
Konstitutsiya yaratilishidagi birinchi huquqiy qadam o„zbek tiliga davlat tili
maqomini berilishidir.
Hech shubhasiz, bu mustaqillik tarixidagi yorqin sahifalardan biri – siyosiy va
ma‟naviy hayotimizdagi unutilmas voqea bo„ldi. 1989 yil 21
oktyabrda, qizg„in
munozaralar, musoxabalar va mushohadalardan so„ng, va nihoyat, o„zbek tiliga
davlat tili maqomi berildi.
«Davlat tili to„g„risida» gi qonunda qayd etilgan ushbu muhim huquqiy qoida
Asosiy qonunimizning 4-moddasida ham mustahkamlab qo„yilgan.
Konstitutsiya yaratilish tarixidagi
ikkinchi huquqiy bosqich, 1990 yil mart
oyida O„zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida birinchi marta
mustaqil O„zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g„oyasi ilgari surildi.
Konstitutsiya yaratilishidagi uchinchi huquqiy qadam – bu «Mustaqillik
Deklaratsiyasi”ning e‟lon qilinishi bo„ldi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990
yil 20 iyunda qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasining 8-