Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati 179 December 1 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunlik qiladi”, – deyilgan.
Shu kuni “O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari
to„g„risida” konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda kelajakdagi Konstitutsiyaning
asosiy qoidalarini aks ettiruvchi bir qator muhim moddalar mavjud. Xususan, ushbu
Qonunga muvofiq:
– “O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining to„la hajmiga ega, o„z
milliy-davlat va ma‟muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv
tizimini mustaqil ravishda belgilaydi” (3-modda);
– “O„zbekiston Respublikasida O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlari ustunlik qiladi. O„zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudga bo„linishi tartibi asosida
qurilgan” (5-modda).
Ushbu konstitutsiyaviy qonun Asosiy qonunimiz qabul qilinishidan oldin, ya‟ni
1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun Konstitutsiya bo„lib xizmat qilib turdi.
Konstitutsiya yaratish yo„lidagi oltinchi huquqiy qadam – bu Konstitutsiya
birinchi loyihasini ommaviy muhokamaga chiqarish uchun matbuotda e‟lon
qilinishidir.
Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishlarni va 1992 yil 8 sentyabrda
ma‟qullangan Konstitutsiya loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo„yishga qaror
qildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentyabrda tayyorlangan
va o„sha kuni matbuotda e‟lon qilingan.
Asosiy Qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentyabr va noyabr oylarida
jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Jamoatchilik muhokamasi natijasida Konstitutsiya loyihasiga 100 ga yaqin
tuzatishlar kiritildi. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8
dekabrda XII chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida
qabul qilindi. Butun dunyoga xalqimizning istagi va xohish-irodasi rasman e‟lon
qilindi: o„zbek davlatchiligini zamonaviy sivilizatsiya asosida qayta tiklash, tinch va
osoyishta hayot kechirish, uning mustahkamlanishiga har tomonlama hissa qo„shish,
demokratiyasini chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga
sodiqlik, insonparvar qonun ustuvorligini shakllantirish, fuqarolikni ta‟minlash
kabilar unda o„z ifodasini topdi.
Shunday qilib, agar O„zbekiston mustaqilligi e‟lon qilingan kundan boshlab
jahon sahnasida yangi suveren davlat tuzilgan bo„lsa, birinchi
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz qayta tiklandi,
haqiqiy mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi yaratildi.