Bolalarga ko'rsatiladigan ambulatoriya-profilaktika tibbiy yordamining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda shifokor "yagona pediatr" tizimi bo'yicha ish yuritadi. Shuning uchun bolalar poliklinikasi ishini tashkil qilishda bir qancha tamoyillarga asoslanadi: Birinchidan,bolalar poliklitnikasiga faqat sog'lom bolalar hamda surunkali kasalliklari bo'lgan, lekin kasalligi yuqmaydigan bolalargina tashrif qiladilar. Bemor bolalarga tuzalgunga qadar tibbiy yordam uyda ko'rsatilishi lozim. Ikkinchidan, bolalar poliklinikasiga tashrif qilgan bolalar tajribali o’rta tibbiy xodim ishlaydigan fil'tr orqali kirishlari talab qilinadi. So'rovlarga tayangan xolda bolalarni salomatligi tekshirilib, ya'ni teri va shilliq qavatlar ko’rilib, zaruriyat bo'lganda termometriya o’tkazilib, bolani poliklinikaga kiritish masalasi xal etiladi. Bolada yuqumli kasallikka gumon tug’ilsa, u boksga joylashtiriladi va navbatchi shifokor tomonidan tekshiriladi. Uchinchidan,bir yoshga to’lmagan va kasallikka tez beriluvchan davrda bolalarni belgilangan kunda qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kunda katta yoshdagi bolalar qabul qilinmaydi. Aytib o’tilgandek, bolalar poliklinikasining asosiy vazifalaridan biri sog'lom bolalarni tarbiyalashdan iboratdir. Bolalar kasal bo'lgan kunidanoq shifokorga murojaat qilishi asosiy diqqatni jalb etadi, chunki bolalarda kasallikning uzoq vaqt davom etishi tez-tez kasal bo’ladigan va kasallik uzoq davom etadigan bolalar soni ortib borishiga sabab bo’ladi, keyinchalik esa bu kasalliklar surunkali tus olishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, bolalar poliklinikasi ish faoliyatining asosiy prinsipi - bu o’tkir kasalligi bo'lgan bolalarga tibbiy davolash yordamini bemorning uyida ko'rsatishdir. Shifokor bolalarni uyida tekshirish vaqtida kasallikni taxminiy tashxisini qo’yadi, bolani salomatlik holati darajasini aniqlaydi, uyda yoki kasalxona sharoitida davolash masalalarini xal qiladi. Bemor bolalarni poliklinikaga qatnashlari kasallikning harakteriga va kechishiga bog’liq bo’ladi. Umumiy poliklinikaga qilingan qatnovlarning 30%i aktiv qatnovlarni tashkil etadi. Hozirgi kunda muhim muammolardan biri maslaxatli tibbiy yordam ko'rsatish, uyda laboratoriya-diagnostika tekshiruvini tashkil etish, boshqacha qilib aytganda uyda stasionar yordamini tashkillashtirishdan iboratdir. Uyda stasionar yordami ko'rsatilganda poliklinika tomonidan bepul doridarmonlar bilan ta'minlanishi, zaruriyat bo'lganda hamshira postini tashkil qilinishi yoki bola tuzalgunga qadar kuniga bir necha marotaba uyda tekshirib turishi shart. Bundan tashqari bemor bolani bo'lim mudiri tomonidan tekshirilishi zarur. Uyda ko'rsatiladigan tibbiy yordamning katta qismi tez yordam shifokori tomonidan bajariladi, bunda u og’ir kasalliklar bilan to'qnashadi, chunki ko’pincha chaqiruvlar to’satdan paydo bo’ladigan kasalliklardan (gipertermiya, qorinda og’riq, qayd qilish, jarohatlanish, zaharlanish va boshqalar) iborat bo’ladi, ba'zi xollarda kasalxonaga yotqizish.