Tashkil qilish


Ijtimoiy-foydali va unumli mehnatning ta’lim-tarbiya va



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə11/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
90 minglik ish

2. Ijtimoiy-foydali va unumli mehnatning ta’lim-tarbiya va
kasb tanlash samarasini ko‘tarishga qaratilgan shartnomalar.
0‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
maktablarning eng m u h im vazifalaridan biri o'quvchilarning
ongli ravishda kasbga yo‘naltirish deb qayd qilingan.
O‘quvchilarning mehnat ta'limi negizida tashkil etiladigan ijtimoiy foydali unumli mehnat asoslarida ongli ravishda biron-bir
kasbni tanlashlari uchun kasbga yo'naltirish ishlari to'g'ri tashkil etilishi lozim. Buning uchun maktablarda quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
— o'quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari o'rganilishi (maktab psixologi);
— jamiyatning bugungi ehtiyojlari, mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun kerak bo'lgan kasblar haqida
o'quvchilarga tushunchalar berish (mehnat o'qituvchisi);
— kasb-hunarni egallash uchun o'quvchilar kasb-hunar kollejlariga borib o‘rganishlari mumkinligini tushuntirish ( K X K xodimlari).
Bu borada maktabni bitirib, kasb-hunar kollejlaridagi tayyorlov yo‘nalishlarini tanlagan yoshlar o‘z mahoratlarini oshirib borishlari, ishlab chiqarishning haqiqiy ustalari sifatida komil inson bo‘lib yetishishlari ta’lim islohotining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ma’lumki, umumiy o'rta ta’lim maktablarini bitiruvchi o'quvchilarning taxminan 90% kasb-hunar kollejlariga, 10% esa akademik litseylarga o'qishga borishlar mumkin. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga yo'naltirish yuzasidan
olib boriladigan ishlarni mazmunan yangilash, izchil yo'lga qo'yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq xo‘jaligida bevosita ishlab chiqarish bilan mashg‘ul mehnat ahllariga hurmat va
izzat tuyg'ularini singdirib borishga alohida e'tibor qaratish zarur.
Kasb hunarga yo‘llash bo'yicha olib boriladigan ishlarning
barcha shakl va metodlari o‘quvchilarning ongli, maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozim.
Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yo‘lga qo‘yishda
an’anaviy amaliy mashg'ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan
birga pedagogik o‘yin, konferensiya, mustaqil fikrlash, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda
o'tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elemenllaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy o'rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda
kasbga yo‘naltirish bo'yicha mashg'ulotlar 8—9-sinflarda amalga
oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida «O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi asosida axborot berish davom ettirishi bilan bir qatorda o'quvchilarga kasb egallash yo'llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazolar tishunchalari berib boriladi.
Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarlarga yo‘naltirish birgina
mehnat talimi o‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o'qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog'lab olib borishsa, m aktab psixologi va rahbariyati o‘quvchilarning individual qobi1yatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda talim - tarbiya ishlarini olib borishganlaridagina o‘quvchilarga kasb tanlashlarida ko‘mak bergan bo‘lishadi.
Mazkur ishlarni majmuaviy holatda tashkil etish, boshqarish va
nazorat qilish maqsadida maktab doirasida K H K , tashxis markazlari, korxonalar, mahalla va boshqa jamoalar vakillari faol ishtirok etishlari lozim. Ularning har biri ishlayotgan tashkilotlarining asosiy funksional faoliyati, mavqei doirasida bajarayotgan vazifalarini biriktirilgan maktab yoki maktablararo texnik markazlar homiylik ishlari bilan bandlar. Mazkur ishlarni ham bevosita maktab yoki maktablararo texnik markazda maxsus ishlab chiqilgach «shartnoma»lar asosida o‘z ishlarini muvofiqlashtirgan holatda amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir. Mazkur shartnomalar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama holatda qabul etiladi, ya’ni:
1) maktablar orasidagi;
2) maktab va tashxis markazlari orasidagi;
3) kasb-hunar kollejlari orasidagi;
4) maktablar va tashxis markazi orasida;
5) maktab, kasb-hunar kollejlari va tashxis markazlari orasidagi;
6) maktablar, tashkilot yoki korxonalar orasidagi;
7) maktab, kasb-hunar kolleji, tashkilot va korxonalar orasidagi qabul qilinadigan shartnomalar.
Shartnoma umumiy ta’lim, mehnat va kasb maktabi islohotini, ayniqsa uning moddiy bazasi moslamalarini hal qilishni ta'minlaydigan asosiy huquqiy hujjatlardan biridir. Bu hujjat o‘z vazifasi va mazm uniga ko'ra umumiy ta’lim maktablari, maktablararo, texnik markazlar, kasb-hunar kollejlari va boshqa o‘quvmuassasalari va ularning baza korxonalari tomonidan tuziladi.
Mehnat ta’limi tizimida va kasb tanlashda bajariladigan ishlardan unumli foydalanish uchun tashkilot, korxona va o‘quv muassasalari orasida tuziladigan shartnomalarda o'zaro munosabatlarni quyidagicha belgilaydi:
1) mehnat va kasb tanlash ishlarini yaxshilash hamda takomillashtirish;
2) mehnat ta’limi va kasbkorlik ishlarini muvofiqlashtirish haqida uzviyligini bog'lash;
3) o‘quv-tarbiya hamda mehnat va ishlab chiqarish ta’limlaridan unumli foydalanish va mujassamlashtirish;
4) ijtimoiy foydali va unumli mehnat negizida mehnat ta'limi va kasb tanlash ishlarini takomillashtirish hamda boshqa vazifalarning kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnomaning mazmuni islohot talablarini amalga oshirishda maktablar va maktablararo texnik markaz uchun zarur barcha narsalarni ham, baza korxonalarining ana shu vazifalarni bajarish uchun real imkoniyatlarini ham hisobga olishini ta’minlaydi. Ana shundan kelib chiqib, har bir maktab, har bir maktablararo texnik markazlar baza korxonalari bilan birga bir yil yoki besh yilga ishlab chiqiladigan tadbirlarda o‘quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligining har bir masalasi bo‘yicha ularning imkoniyatlarini nazarda tutib maktab islohotining oxirgi bosqichigacha nimalar qilish kerakligini hisobga olishi lozim. Baza korxonalarida zarur moddiy resurslari bo‘lmasa, ularni rivojlantirishning iqtisodiy va sotsial rejasiga islohot talablarini to‘la qondirish uchun barcha zarur narsalarni kiritish lozim. Shartnomalar tuzishda uning har bir bandiga didaktik talablar asosida sotsial iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va amaliy yo‘nalishini hisobga olib huquqiy kuch berish kerak.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin