To‘rtinchi band. Shartnomaning bu bandida tayyorlangan mahsulotlar miqdori va sifatini hisobga olishni; o‘quvchilar ijtimoiyfoydali, unumli m ehnatining natijalarini, o'quvchilarga tayyorlagan mahsuloti, haqiqiy ishlangan vaqti hamda bajarilgan ishi uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni ta’minlash tadbirlarini nazarda tutish lozim. Beshinchi band.Shartnomada mehnat va kasbiy t a ’lim bo'yicha to'garak va sinfdan tashqari ishlar masalasiga ham e’tibor berish muhimdir. Ayniqsa bunda texnik ijodiyot va qishloq xo‘jalik tajribaliligi nazarda tutiladi. Buning uchun tegishli binolarni jihozlash zarur. Bino sifatida maktablar, maktablararo texnik markaz kasb-hunar kollejlari hamda baza korxonalarining o‘quv sexlari, ustaxonalar, uchastkalaridan qo‘shimcha jihozlash bilan foydalanish mumkin. Texnik ijodiyot, qishloq xo‘jalik tajribachiligi to‘garaklarida ishlab chiqish uchun mavzularni oldindan belgilash, har bir mavzu muddatini va biriktirilgan rahbarni ko'rsatish lozim. Oltinchi band.Tipovoy shartnomadagi oltinchi bandda maktablarning baza korxonalar, texnik markazlar, kombinatlar va kasb-hunar kollejlari bilan birga kasb tanlash tadbirlarini amalga oshirishga quydagilarni kiritish zarur: — o'quvchilarning kasb tanlash bo‘yicha maktabda o‘quvmetodik xonasini tashkil etish yoki mavjud xonani qayta jihozlash; — kasb tanlash o'quv-metodika xonasini mahaliy ishlab chiqarish doirasidagi korxonalarning kadrlarga ehtiyoji haqidagi axborotlar bilan ta’minlaydigan tadbirlar; — ishlab chiqarish doirasida baza korxona va boshqa tashkilotlar ishchilarining mehnat sharoiti va turmushini xarakterlovchi zarur materiallar bilan ta’minlash tadbirlari; — baza korxona va u kirgan tarmoqning iqtisodiy, sotsial rivojlanishini xarakterlaydigan maxsus stendlar hamda boshqa o‘quv materiallari, maketlari, namunalar, kinofilmlar, texnik vositalar bilan ta’minlash. Shartnoma oltinchi bandining ikkinchi paragrafida ishlab chiqarish ekskursiyalarini, o‘quvchilarga kasb tanlashda, maktabga esa ixtisoslik va kasbiy ta’lim uchun o'quv guruhlarini jamlashda yordam beradigan kasb-tanlash va tarbiyaviy tadbirlarni belgilash kerak.