Tashkil qilish


-rasm. Chok turlari va tikish usullari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
90 minglik ish

1-rasm. Chok turlari va tikish usullari: a popop chok;
b - iroqsimon chok; d - yo'rma chok.
yirikligida o'ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o'zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy
qoldirib tiksa ham bo'ladi.
Suv chok bir-birga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo‘ladi. Bu chokni chapdan o‘ngga tomon yoki o'zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda ~ chapda yoki o‘ngda bo'lishi kerak. Tikayotganda ip yo'nalishini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi. Hozirda tekis choklar juda keng tarqalgan usuldir. Ko'pgina
kashtalar shu choklar bilan tikib bezatiladi. Bu chokka ip kam
ketadi, rangli iplar bir-biri bilan kirishib chiroyli ko‘rinishga ega
bo'ladi. Gullar tasviri tabiatdagi gullarga yaqin ko‘rinishda tikib
bezatiladi.
Kashtachilik sirlarini yoshlarga o'rgatish. Umumta’lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun kashtachilik mashg‘ulotlari olib boriladi. Kashtachilik darslari talabga javob beradigan holda o'tishi uchun o'quvchilarga qulay sharoitlar yaratib beriladi. Chizmalarni chizish, nusxa ko'chirish va yozish, ish qurollarini qo‘yish uchun ish stollari sinf xonasining qulay joyiga joylashtiriladi. Sinf xonasi kasbga taalluqli har xil stend va ko'rgazmali kashtalar, guruh burchaklari, texnika xavfsizligi qoidalari, kashtachilik tarixi, chizmachilik jadvallari va kasb-hunar to'g'risidagi xalq maqollaridan foydalanib bezatiladi. Darslarni zamonaviy talablar asosida olib boriladi, ya’ni didaktik, psixologik, ma’naviy-axloqiy, gigiyenik, texnik talablarni darsga bog'lab, bir-birini to'ldirib o'tishga harakat qilinadi. Mehnat ta’limi darsida chok turlaridan «Tekis choklar» mavzusini o'tish uchun shu chok chizmasi chizilgan jadvaldan foydalanib, doskaga chiziladi, o'quvchilarning tasavvurlarida yaxshi saqlashlari uchun tikilgan buyumdan namuna ko'rsatib, ko'z o'ngilarida tikib ko'rsatiladi, shuningdek, o'zlarining mustaqil tikishlarini, rang tanlashlarini kuzatib, kamchiliklari tuzatiladi. Test savollari tuzilgan kartochkalardan foydalanib, guruhdagilar ikkiga bo'linib, o'zaro savol-javob tariqasida o'tilgan mavzularni eslab, takrorlab, mustahkamlab boriladi. Yaxshi ishtirok etgan o'quvchilarni baholar bilan rag'batlantirib, qolgan o'quvchilarni ham shular qatoridan o'rin olishlari kerakligini ta’kidlab darsni olib borish yaxshi natijalarni beradi. Uyga topshiriq qilib: «Tekischoklar» mavzusini o‘qib, tushunib, shu mavzu bo'yicha gazlama parchasiga biron gul elementini tikib kelishni, gulni kashtalarda tikilishini o‘ylab, topib kelishlari topshiriladi. Mehnat ta’limi mashg‘ulotlarini olib borishda fanlararo bog‘lanishlar haqida ham fikr bildiriladi. Masalan, geometriya faniga asoslanib, uchburchak, oltiburchak, to'rtburchak shakllaridan tuzilgan naqshlarni bo‘laklarga bo‘lib chizishda matematikaga bog‘liqligini, tabiatdan olingan gullar, barg va choklar esa tabiat bilan bog‘liqligini, qushlar, tovus, kamalak, kiyik, xo‘roz va shunga o‘xshash hayvonlarning tasvirini tushirib tikish esa zoologiya fani bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Bundan tashqari tabiatdagi ranglar to‘g'risida tushuncha beriladi, chunki bu gazlama va ip tanlashda kerak bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda ko'proq tikish texnikasi, gigiyenik va texnik talablarga rioya qilishni kuzatib borish kerak. Masalan: tikish uchun ish joyi qulaymi, yorug‘lik qaysi tomondan tushmoqda, kashta bilan tikuv oralig'i m e ’yoridami, bukchaymasdan to‘g‘ri o'tiribdimi, bu narsalarning hammasi kishi organizmiga — ko‘z, gavda tuzilishiga salbiy ta’sirini tushuntirib
o‘tiladi. Texnika xavfsizligi qoidalarida: dazmoldan foydalanish qoidalarini, igna va qaychidan foydalanib, qayerda saqlanishini
takrorlab, hayotdan misollar keltirib tushuntiriladi va o'quvchilar ularni yodda tutishlari kerakligi aytib o ‘tiladi. Chizmachilik darsida chizgan naqshni amaliy m as h g ‘ulot darsida bemalol o'tirib tikadilar. Har bir o'quvchining amalda darsni qanday o‘zlashtirib borayotganligi kuzatib boriladi, yo‘l qo‘yilayotgan kam chiliklarini tuzatib boriladi. O'quvchilar tikayotgan kashtalarining orqa va yuza qismini tekshirilib baholanadilar. Tikilgan kashtaning orqa qismi ham toza bo'lishi kerak. Chaqqon,chevar o‘quvchi qizlarning ishi boshqa qizlarga namuna qilib ko‘rsatiladi.
O‘quvchi qizlarga faqat kashta tikish sirlarini o‘rgatish bilan chegaralanib qolmasdan, balki uy-ro‘zg‘or ishlariga kerakli bo‘ladigan narsa, kiyimlarni bezashni ham o‘rgatib borish kerak.
Masalan: har xil gazlama parchalaridan foydalanib applikatsiya
tikish. Applikatsiya har xil shakl va bezaklardan iborat bo‘lib, uni
kiyim-kechaklarni va ro‘zg'or buyumlarini bezash uchun gazlama, charm parchalaridan tekis chok, petlya chok, popop choklar bilan yoki tugma, munchoq bilan ham tikib qo'yilishi mumkin. Yirtilgan, kuyib teshilgan joylarni applikatsiyadan foydalanib, har xil shaklda bezak berib yamash ham mumkin. Shuning uchun o'quvchi qizlar o'z qo'llari bilan qalin gazlama qoldiqlaridan, eski, lekin hali mustahkam bo'lgan qalinroq gazlama bo'laklaridan turli xil oshxona va ro'zg'or buyumlarini tikishlari orqali ularda badiiy did shakllanishi bilan birga iqtisodiy tarbiya ham berib boriladi. Gazlama parchalaridan yostiq uchun jild, choynakpo'sh, choynak uchun taglik tikish, gazeta-jurnallarni, uy hujjatlarini, qaychi, taroq, ruchka, qalam, lineyka kabi narsalarni yosh bolalar qo'li yetmaydigan balandroq devor yuzasiga osib qo'yish uchun
har xil kattalikdagi xaltachalarni tikib, bezashlari shular jumlasiga kiradi. Noan’aviy dars o'tish usullaridan foydalanib, o'quvchilarni
kasbga havas va qiziqishlarini oshirish, o'tilgan mavzularni ustahkamlash va yaxshi tushuncha hosil qilish lari uchun, tasavvurlarini kengaytirish va kashtadagi yangiliklar bilan tanishib borishlarini ko'zda tutib ish rejaga quyidagi mavzularni kiritish mumkin:
— gilam to'qish korxonasiga sayohat va tashabbuskor ishchilar
bilan suhbatlar uyushtirish;
— tarixiy muzeyga sayohat (kasbga taalluqli narsalarni ko'rish);
— yangi kelinchak sepini ko'rish (kashtalarni ko'rish);
— navro'zga bag'ishlangan ko'rik-tanlov namunasini ko'rish
(har xil kashta namunalarini ko'rish);
— 8-martga bag‘ishlangan ko‘rik namunasini ko‘rish: onaxonlar bilan suhbat (kashta turlarini tikish haqida);
— mahallalarning chiqishlarini ko‘rish (kashta namunalarini).
O‘quvchilar shu mavzular bo'yicha uyushtirilgan sayohat va
suhbatlari haqida o‘z taassurotlarini referatga yozib, o'zlariga
yoqqan bezaklardan namunalar chizib keladilar. Referatlar birbiriga taqqoslanib baholanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin