Tashkil qilish


Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qo‘llanadigan



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
90 minglik ish

4. Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qo‘llanadigan
asbob-uskunalar, texnologiyalar.
Kashtachining ish quroli. Kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi: angishvona, qaychi, gazlama, ip, santimetr,
millimetrlangan qog‘oz, kopirovka qog‘ozi yoki sellofan.
Ignani cho‘ziqroq ko‘zlisini ishlatish qulay. Chunki har xil qalinlikdagi iplarni o‘tkazish oson boiadi.
Igna — tikuv quroli bo‘lib, har xil hajm (uzun-kalta, ingichkayo‘g‘on)da po‘lat simdan o‘tkir uchli, teshikli qilib yasaladi.
Angishvona — ish tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metall
asbob. Angishvona qadimda charmdan ham qilingan. Angishvonaning usti yoki ignaning keti qadaladigan joyi chuqurchalardan iborat bo'ladi. U qo‘lni igna kirishidan saqlaydi, o‘ng qo‘lning o‘rta barmog'iga taqiladi, uni barmoqning yo‘g‘onligiga qarab tanlanadi. Lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qoladigan bo‘lmasligi kerak.
Ishlash uchun uch xil: uchi ingichka, kichkina qaychi — gazlamalardagi ipni qirqish va tortib olish uchun; uchi qayrilgan o‘rtacha kattalikdagi «tuya bo‘yin» qaychi — kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi — gazlama va kalava iplarni qirqish uchun qaychilar kerak bo'ladi. Ular bir-biriga o'rtasidan vint bilan biriktirilgan ikki tig‘dan iborat. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig'larning uchi to'la yopiladigan bo'lishi kerak. Santimetr lenta — tikish ishida buyum o'lchamini aniqlashda va gazlamaga bezakni rejalab joylashtirishda foydalaniladi.
Millimetrli qog'oz — geometrik, sanamlar naqsh tuzishda kerak
bo'ladi.
Mayda bezakli naqshlarni gazlamaga ko‘chirishda kopirovka
qog'ozi kerak bo'ladi. Ayrim hollarda sellofandan ham foydalanish mumkin. Katta kashtalarni kosa yoki tarelkalar bilan joyini aniqlab olib,
to'g'ridan to'g'ri gazlamaga chiziladi.
Gazlama — bir xil rangdagi satin, shoyi, parcha, bo'z, chit,
baxmal kabi gazlamalar ishlatiladi. Gazlamalar rangi tikiladigan
buyum vazifasiga qarab tanlanadi.
Masalan: katta kashtalar uchun ochiq rangga nisbatan to'qroq
rang tanlash qulay. Chunki bu kashtalar devorga osib qo'yilishi
va kattaligi uchun yuvilmasligi mumkin. Changni va kirni ko‘p
ma’lum qilmaydi hamda bunday fonga ochiq rangli naqshlar juda
yarashadi.
Deraza pardalari ochiqroq rangda tanlangani ma’qul, xonani qorong'i qilib ko'rsatmaydi. Har qanday kashta uchun
ham cho‘zilmaydigan, yuvganda rangi chiqmaydigan, suvga
kirmaydigan, ko'pga chidaydigan gazlamalardan foydalanish
kerak. Iplar asosan kashta tikish uchun tabiiy tola (ipakdan) va sun’iy
toladan qo‘lda уigirib tayyorlanadi. Ipak mahalliy sharoitda yetishtiriladigan pilladan quyidagicha bosqichlarda tayyorlab olinadi: pillani qaynatib oqlash, titib yigirish, urchiq bilan yigirish,
chappa qilish, ipni tekislash, ranglash, ipni o'rab kalava qilish.
Sun’iy tola Navoiy shahar kimyo ishlab chiqarish sanoatining
chiqindisidan olinadi. Tabiiy tolaga qaraganda sun’iy toladan ip
tayyorlab foydalanish qulay hisoblanadi. Sababi bu tolalar rangli bo'lib, ranglashning hojati yo'q, shu bilan birga yigirish oson
bo'lib u ham chidamlidir. Ip rangining chidamliligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, ip olayotgan vaqtda namlangan oq gazlamaga artib ko'rish kerak. Agar rangi chiqmasa ipning o'zida rang ushlash qobiliyati yaxshi hisoblanadi va ip gazlamani yuvganda rangini
o'zgartirmaydi. Agarda ipni namlangan oq gazlamaga artib ko'rish vaqtida rangi chiqsa, unday iplarni yuviladigan kashtaga ishlatmasdan,
katta kashtalarga ishlatish mumkin.
Muline iplari chidamli, rangi chiqmaydi. Bu ip bo'yog'ining
chidamliligini tekshirish uchun ipni quyoshga qo'yiladi: bunda
ip oqarm asdan o'z rangida qolishi kerak. Hozirgi vaqtda kashta
tikishda jun tolali iplardan ham foydalanilmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin