Mahalliy kashtalairimiz haqida. Bizning mahalliy kashtachiligimizda xotin-qizlar hozirgi vaqtda quyidagi kashta turlarini tikib kelayaptilar: Palak — qo‘lda yoki mashinada kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum . Uy ichini bezash uchun devorga osib qo'yiladi. Kashtachilikning eng yirik va qimmatli buyumi hisoblanadi. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda malla bo‘zga kashta tikib tayyorlashgan. U solzanadan gullarining yirikligi, zamini ham kashtada sidirg'a ko‘rinishi bilan farq qiladi. Palakning o‘rtasiga yirik oy tasviri qizil, qirmizi, pushti ipak bilan tikiladi va atrofi chiroyli qilib islimiy naqshlar bilan bezaladi. Islimiy chirmashib ketgan o‘simlik naqshlaridir. Nurota palaklari (so’zanasi) 10 mm li qalin va chidamli gazlamadan tikilib, ikki qator aylanali gullar, har xil shakldagi katta-kichik barglar, jingalaklar, g‘unchalar bilan chizib tikiladi. Chizmakash bu gullar o'rnini to‘g‘ri to’rtburchaklarga bo‘lib olgach kosa, piyola kabi narsalar bilan belgilab oladi va chizib chiqadi. Eng chetidagi ikki qator esa takrorlanuvchi kichik islimiy gullar bilan toidirib chiziladi va tikiladi. So'zana —sidirg‘i matoga gul tikib tayyorlangan, devorga osiladigan bezak buyumi boiib, satin, baxmal, shoyi, parcha kabi matolarga turli choklar bilan tikiladi. Mato rangidan, kashta sifatida foydalanishi bilan, kichikligi bilan palakdan farq qiladi. Uning kashta bezagi asosan islimiy naqshlar bo‘lib, bitta to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga asosiy gullar (aylanali, ko‘p qirrali yulduzlar) chizib tikiladi. Atrofi kichik o‘lchamidagi takrorlanuvchi islimiy naqshlar bilan to‘ldiriladi. Yo‘llar, chiziqlar suvli choklar bilan (obi) tikiladi. Joynamoz ~ namoz o‘qiladigan to‘shama bo‘lib , matodan to‘rtburchak shaklda tayyorlanib, bosh tomoniga mehrob tasviri tikiladi. Bu joynamozlar qizlarimiz sepida uchta bo‘lib , bittasi qaynotasiga, ya’ni kuyovning dadasiga sovg‘a qilinadi, ikkitasi o‘zining uyidagi taxmonni, ya’ni sandiq ustiga yigilgan ko‘rpa to’shakni changdan saqlashi va bezatib turishi uchun tikiladi. Uch metr gazlama ketadi. Masalan: och va iliq ranglar tuk va sovuq ranglarga qaraganda yaqinroq ko‘rinadi. Iliq ranglar buyumni kattalashgandek, sovuq ranglar kichiklashgandek ko‘rsatadi. Shuning uchun kashta tikishda gulni fondan ajralib turishi uchun ochiq ranglardan foydalanish kerak.