3. Ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish m etodikasi.
Ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasida quyidagi asosiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: ekskursiyaga tayyorlanish, ekskursiyani o‘tkazish va uni yakunlash. Bularni batafsilroq
ko‘rib chiqamiz.
Ekskursiyani o ‘tkazish.Odatda ekskursiya qisqacha kirish so‘zi
bilan boshlanib, unda o ‘quvchilarga korxonaning m azkur iqtisodiy
ko‘rsatkichlari va u m u m a n xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. 0 ‘quvchilar korxonaning mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni texnika xonasida yoki korxonaning tarixi, yutuq va a n ’analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchagida o ‘tkazish qulaydir. 0 ‘qituvchi suhbat oxirida o‘quvchilarga korxona territoriyasidagi xatti-harakat qoidalarini tushuntiradi va individual topshiriqlar berib, ularning qanday bajarilganligini kuzatishlarini avtadi.
Ekskursiya ta’limiy vazifalarga bog‘liq holda o ‘tadi. Masalan,
0‘quvchilar korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun
kelsalar, tayyorlash sexlaridan boshlab to yig‘ish sexlarigacha, biror xarakterli detalni ishlashning h a m m a jarayonini kuzatadilar.
Shu tariqa ular asta-sekin bir sexdan ikkinchi sexga o ‘tib, u m u
m an korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchi har xil
texnologik jarayonlarning tipik tomonlarini alohida ta’kidlaydi.
Natijada 0‘quvchilar faqat m azkur korxonaga xos texnologik j a
rayon haqida emas, balki boshqa korxonalardagi shunga o'xshash
jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi misol. 0 ‘quvchilar muayyan ishlab chiqarish jihozining tuzilishi va ishi bilan tanishishlari kerak. Bunday hollarda kuzatish uchun obyektlar shunday tanlanadiki, 0‘quvchilar jihozlar atrofida ishchiga xalaqit bermaydigan, o ‘zlariga h a m m a narsa ko‘rinib turadigan holda joylashadilar. 0 ‘quvchilar kuzatishni m a ’lum miqdorda amalga oshirishlari uchun ularga og‘zaki yoki yozma javob qaytariladigan konkret topshiriqlar beriladi. 0 ‘qituvchi o'quvchilar orasida aylanib yurib, ular topshiriqni to‘g'ri tushungan yoki tushunmaganligini va uni qanday bajarayotganliklarini tekshiradi.