Tadbirkorlar uyushmalari har xil o'lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo'lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa ma'lum xududlarda klasterga(inglizchadan tarjima qilinganda - bu guruh, to'planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foydalarni beradilar, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradilar (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekomunikatsiyalar vositalari, jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki boshqa ma'muriy - xududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat xududlari va mamlakat xududini qayta tashkil qilinishi munosabati bilan mavjud bo'sh quvvatlardan foydalanish mumkin. Xuddi shu yerlarda kompaniyalarning klasterlarini tashkil qilish foydalidir, ularda eng boshidan faoliyatning ma'lum sohalaridagi kompaniyalar o'rtasidagi kasbga egalik, san'at infratuzilmali ta'minot va axborotli o'zaro aloqalarning jiddiy miqdori jamlangan bo'lishi mumkin. Kompaniyalarni uyushmalarga birlashtiruvchi bunday sohalar sifatida quyidagilar bo'lishi mumkin: uy uchun tovarlar ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog'liq har xil sohalar va h.k.
Dostları ilə paylaş: |