Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə62/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#41141
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Tashkilotlar va ularni boshqarish

Tashkilotlararo kelishuv. U odamlarga ularning hulqini tartibga soluvchi yoki cheklovchi ma'lum majburiyatlarni yuklaydi. Masalan, har qanday tashkilot yetkazib beruvchilar, iste'molchilar va h.k. bilan ko'p miqdordagi shartnomalarga ega. Boshqa misol - bu kasaba uyushmalari bilan kelishuv. Jahonning xo'jalik amaliyotida kasaba uyushmalari ko'pincha menejment tomonidan o'tkaziladigan o'zgarishlarga to'siq bo'ladilar.

O'zgarishlarga qarshilikni yengish. Shuni ta'qidlash kerakki, o'zgarishlarga qarshilik qilishni butunlay bartaraf qilib bo'lmaydi. Ammo bunday qarshiliklarning salbiy oqibatlarning kamaytirishga imkon beruvchi yondoshuvlar bor.

K.Levin o'zgarishlarni har xil yo'nalishlarda harakat qiluvchi kuchlarning dinamik balansi sifatida ko'rib chiquvchi yangi qarashni ishlab chiqqan. Bu yondoshiuv "kuchli maydonlar modeli" deb ataladi. O'zgarishlarni initsirovka qilish uchun, vaziyatni ilgariga siljitish, uni quyidagicha muvozanatdan chiqarish darkor:



  • o'zgarishlar uchun harakat qiluvchi kuchlarni ko'paytirish;

  • o'zgarishlarga qarshi harakat qiluvchi kuchlarni qisqartirish;

  • o'zgarishlarga qarshi harakat qiluvchi kuchlarni o'zgarishlar uchun harakat qiluvchi kuchlar pozitsiyasiga o'tkazish.

Shuning bilan birga, bu muvaffaqiyatni kafolatlanmaydi. O'zgarishni o'tkazuvchi odamlar o'zgarishlar tomoniga bosim o'tkazadilar va bu natija beradi, ammo qimmatga tushadi. Agar qarshilik aniqlansa, harakat bu kuchlarni qisqartirish va qarama qarshi pozitsiyalarga o'tkazishga yo'naltirilsa, u faoliyatning samaradorligini oshirish mumkin.

O'zgarishlarni o'tkazishdagi muvaffiqiyatga quyidagi omillar ta'sir qo'rsatadilar:

- e'tibor va qo'llab quvvatlash. Bu qiyinchilik keltirib chiqaruvchi shaxslarni aniqlash, ularning sabablarini tushunishi kerak. Bunda odamlar, o'zlariga sho'baiqishni his qilgan holda o'zlarining muammolarini bajonidil aytib beradilar. Natijada hamkorlik vujudga keladi;


  • kommunikatsiyalar. Samarali kommunikatsiyalar va ob'yektiv axborotlar ovozalar va asoslanmagan qo'rquvlarning ta'sirini kamaytiradi, odamlarni o'zgarishlarga tayyorlanishlariga yordam beradi;

  • xodimlarni bevosita o'zgarishlarni o'tkazishda ishtiroki va jalb qilinganligi, bu narsa xodimlarda sho'baiqishni uyg'otadi, qarshilikni kuchsizlantiradi.


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin