Tashkilotlaridan



Yüklə 46,34 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü46,34 Kb.
#207007
1   2   3   4   5
Atamalar

Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega.


Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.


Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holatidir.
Oligopoliya (oligo... va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Guruh monopoliyasi, ya'ni oz sonli yirik korxona (firma)larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi tushuniladi.
O. uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor savdosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.
Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga narxlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va boshqalar) bor. Monopoliya kabi O. ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi.

Yüklə 46,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin