Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə31/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

umumiy kvota - davlat ehtiyojlari uchun belgilanadi;

  • tabiiy kvota - neft quvurlari, portdagi terminallar va h. k. larning cheklangan o’tkazish salohiyatiga bog’liq;

  • istisno tariqasidagi kvota – davlatning milliy xavfsizligini ta'minlash, ichki bozorni himoya qilish, xalqaro majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq alohida holatlarda kiritiladi.

  • tarif kvotasi - mamlakatga bojsiz yoki past stavkalar bo'yicha ma'lum miqdorda tovarlarni olib kirish uchun ruxsat; ushbu cheklovdan ortiq import qilinadigan tovarlar odatdagi stavkalar bo'yicha bojxona bojlariga tortiladi, yoki import qilinuvchi tovarlarga ular qiymati yoki miqdori doirasida oddiy hajmdagi boj solinadi, belgilangan cheklovlar oshib ketganida tovarlarga nisbatan bojlarning oshirilgan stavkalari qo’llaniladi.

  • eksport kvotasi - eksport uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini cheklaydi.

  • import kvotasi - import uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini cheklaydi.

    B. Litsenziyalash - vakolatli davlat organlaridan ma’lum bir eksport va/yoki import operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquq yoki ruxsat (litsenziya) olish tarzidagi cheklov. Litsenziyaning o'zida tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish tartibi belgilanishi mumkin. Shuningdek, litsenziya ma'lum miqdordagi tovarni import qilish (olib chiqish) uchun ruxsatni ham o'z ichiga olishi mumkin – bu holda litsenziyalash kvota bilan chambarchas bog'liq. Litsenziyalash kvotaning ajralmas qismi bo'lishi yoki davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil vositasi bo'lishi mumkin. Birinchi holatda, litsenziya qabul qilingan kvota doirasida tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir; ikkinchi holatda bir qator o'ziga xos shakllarni oladi:
    bir martalik litsenziya - muayyan firmaga birta tashqi savdo bitimi bo’yicha eksport yoki import operatsiyasini amalga oshirish uchun hukumat tomonidan 1 yilgacha bo'lgan muddatga berilgan yozma ruxsatnoma;
    - bosh litsenziya - bitimlarning sonini cheklamasdan, bir yil ichida ma'lum bir mahsulotni olib kirish yoki olib chiqish uchun ruxsatnoma. Bosh litsenziya tovarning aniq xaridori yoki sotuvchisi ko'rsatilmagan holda eksport yoki import qilinadigan tovarlarning har bir turi, miqdori va qiymatini, tovarning aniq xaridori yoki sotuvchisini belgilamasdan ko’rsatgan holda rasmiylashtiriladi. O'zR hukumatining qarori bosh lisenziyani berish uchun asos hisoblanadi.;
    – global litsenziya - ushbu mahsulotni ma'lum bir vaqt ichida dunyoning istalgan mamlakatiga miqdori yoki qiymatini cheklamasdan olib kirish yoki olib chiqish uchun ruxsatnoma;
    - avtomatik litsenziya - eksportchi yoki importchidan ariza olinganidan keyin, davlat organi tomonidan rad etilishi mumkin bo’lmagan, darhol beriladigan ruxsatnoma.
    Litsenziyalarni taqsimlash mexanizmlari:

    • kim oshdi savdosi - tanlov asosida litsenziyalarni sotish;

    • hukumat tomonidan muayyan firmalarga litsenziyalarni avvalgi davr uchun import hajmiga proporsional ravishda yoki milliy importchilar tomonidan talab tarkibiga proporsional ravishda biriktirish;

    • litsenziyalarni narxsizz asosda taqsimlanishi.


    Yüklə 468,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin