Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


-mavzu. «Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti» fanining predmeti, vazifasi va o'rganish usullar



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə2/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

1-mavzu. «Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti» fanining predmeti, vazifasi va o'rganish usullar

1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari


1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti va organish usullari
1.3. Fanning iqtisodiy fanlar tarkibidagi o’rni. Agrobiznes va iqtisodiy fanlar bilan aloqasi


Tayanch iboralar: fanning maqsadi, fanning predmeti, tashqi iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalar, raqobatbardoshlik


1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari
Dunyo xo'jaligining XX asr oxirlaridagi faoliyatini o'ziga xos xususiyatlaridan biri – davlatlar o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlanishi va takomillashishidir. Har bir davlat bu sharoitda o'z tashqi iqtisodiy faoliyatini o'z iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, dunyo xo'jaligiga integrasiyalashuv jarayonlarini, har tomonlama o'ylagan holda, tashkil etishga qaratgan bo'ladi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti» fanini o’rganishdan maqsad mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil etishning shakllari, tartibi, usullari va shartlari, shu jumladan tashqi savdo bitimlari va operatsiyalarining aniq mazmuni, ularni amalga oshirish texnologiyasi va meyoriy-huquqiy asoslari bo’yicha nazariy bilimlar tizimini o'zlashtirish, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishni tashkil etish sohasida amaliy ko'nikma va qobiliyatlarni olish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat - «xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kooperatsiya, mahsulotlarni eksport qilish va import qilish, korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat sohasi. Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli o'laroq, eksport-import operatsiyalari uchun tovarlarning nomenklaturasini tanlashda, narxi va qiymatini belgilahda, yetkazib berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo’lgan ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar) darajasida amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi korxonaga savdo bozorlarini va ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasining afzalliklaridan va ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirish uchun qaror qabul qilish erkinligidan foydalanish imkonini beradi. Quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  • jahon bozorining imkoniyatlariga tayangan holda ishlab chiqarish resurslarini erkin tanlash;

  • maksimal rentabellik bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish yo'nalishlari va shakllarini erkin tanlash;

  • korxona iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan kooperatsiya bo'yicha ishlab chiqarish hamkorini erkin tanlash;

  • ishlab chiqarishning texnik darajasini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash yo'llari va imkoniyatlarini erkin tanlash.

Fanni o’rganishdan maqsad — tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jihatlari va raqobat menejmenti bo’yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi - tashqi iqtisodiy alokqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o’rganish va amaliy o’zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo’llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.

Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin